Voyager Digital Holdings tiklanish strategiyasining bir qismi sifatida Binance US’ga 1 milliard dollarlik aktivlarni o‘tkazish uchun hukumatdan ruxsat oldi
Yevropa Ittifoqi qonunchilari kriptovalyutalarni tartibga solish bo‘yicha dunyodagi ilk keng qamrovli asosni ma’qulladi. Boshqa tomondan, AQShda Gari Gensler bor #crypto2023 #Regulation
Ralph Lauren Mayamida kripto orqali to‘lovlarni qabul qiladigan yangi do‘kon ochdi! Ammo fiat pul bor ekan, kim kriptovalyuta sarflashni xohlaydi? Fiatning qiymati oshadimi? #crypto2023 #BTC
The Sandbox metakoinotda turli virtual tajribalarni rejalashtirish uchun virtual yer sotib olgan Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti hamda Gonkong Dizayn instituti bilan hamkorlik qildi
LayerZero Labs dastlabki bosqichdagi moliyalashtirish raundida 120 million dollar jalb qilganini ma’lum qildi. Bu blockchain xabar almashish protokoli qiymatini uch baravar oshirib, 3 milliard dollarga yetkazdi #crypto2023 #DeFi
Blokcheyn bilan quvvatlangan Cryptosat sun’iy yo‘ldoshi Ethereum KZG marosimida allaqachon ishtirok etgan minglab hissadorlardan biri bo‘lib, masshtabni kengaytirish uchun poydevor yaratadi #ETH #Ethereum
Yaponiyaning Web3 loyiha jamoasi kripto uchun qulay muhit yaratish maqsadida mamlakat kripto sanoatini kengaytirish yo‘llarini taklif etuvchi oq kitobni e’lon qildi. #crypto2023 #japan #Regulation #Web3
Arzon narxlardagi Flybondi aviakompaniyasi NFT chiptalari bilan shug‘ullanuvchi TravelX kompaniyasi bilan hamkorligini kengaytirib, barcha chiptalarni Algorand blokcheynida NFT sifatida taklif qilmoqda
Faoliyati barbod bo‘lgan FTX kriptovalyuta savdo platformasi asoschisi Sem Bankman-Frid firibgarlik va til biriktirish bo‘yicha qo‘yilgan beshta yangi federal ayblov, jumladan Xitoy hukumati amaldorlariga pora berish uchun til biriktirish ayblovi bo‘yicha o‘z aybini tan olmadi. #dyor #crypto2023
Kriptoaktivlar uchun apparat hamyon ishlab chiqaruvchi Ledger 109 million dollarlik investitsiya raundining asosiy qismini jalb qildi. Kompaniya qiymati 2021-yil iyunidagi avvalgi investitsiya raundida baholangan 1,4 milliard dollar atrofida saqlanib qoldi #crypto2023 #BTC #dyor #ledger
“Endi Bitcoin’ga sarmoya kiritib hech kim boyib ketmaydi”, deydi bitcoin tahlilchisi Alex Krüger. Uning aytishicha, #BTC qiymatni saqlash vositasi bo‘lib, uning o‘zgaruvchanligi avvalgidek emas #crypto2023 #dyor