Binance Futures USD bilan marjalangan VIDT muddatsiz kontraktlarini joriy etmoqchi. Bu treyderlarga o‘z pozitsiyalarini 75 baravargacha kredit yelkasi bilan oshirish imkonini beradi!
Binance va Mitsubishi UFJ Trust and Banking Corporation (MUTB) Yaponiyada iyena va boshqa xorijiy valyutalarda denominatsiyalangan steyblkoinlarni chiqarish imkoniyatini o‘rganmoqda.
AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun Xitoy ulkan #AI chip zavodini qurmoqchi!
Xitoylik olimlar sun’iy intellekt uchun yarimo‘tkazgich chiplarini mamlakat ichida ishlab chiqarishga zarur texnologiyani yaratish maqsadida yirik inshootlar qurishni ko‘rib chiqayotgani xabar qilinmoqda.
Uoll-strit aktivlar savdosini soddalashtirish uchun blokcheyn texnologiyasidan katta umid qilmoqda. Tahlilchilar 2030-yilga kelib qiymati 5 trillion dollar bo‘lgan aktivlar #blockchain s’da tokenlashtirilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Chainalysis ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya bilan aloqador xakerlik guruhlari kriptovalyutani yuvish uchun Rossiyadagi birjalardan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Blokcheyn ekspertizasi bilan shug‘ullanuvchi firma qayd etgan strategiyadagi bu o‘zgarish, o‘g‘irlangan kriptovalyuta qiymatining bu yil 2022-yildagi rekord darajaga nisbatan pasayishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
Singapurdagi #Token2049 konferensiyasida Astar Network Polygon Labs bilan hamkorlikda nol bilimli isbot texnologiyasidan foydalanadigan, Ethereum uchun yangi ikkinchi qatlam masshtablash yechimi — Astar zkEVM’ni ishga tushirishini e’lon qildi. Hamkorlik Yaponiya va boshqa bozorlarda Web3 ilovalarining kengroq joriy etilishiga turtki berishni maqsad qilgan.
AQSh shtati agentligi ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan kriptofiribgarlik haqida ogohlantirdi
Vermont shtati 74 yoshli erkak Instagram va Telegram orqali uyushtirilgan kriptofiribgarlikda 340 000 dollardan ortiq jamg‘armasidan ayrilganidan so‘ng investorlarni ogohlantirdi.
Yangi tadqiqotga ko‘ra, ChatGPT’ning imkoniyatlari vaqt o‘tishi bilan yomonlashmoqda.....
ChatGPT’ning ayrim javoblari so‘nggi bir necha oy ichida model aniqligi pasayganini ko‘rsatdi, ammo tadqiqotchilar buning sababini aniqlay olishmayapti?
Kripto kompaniyalari uchun hamkor sifatida faqat kichik banklargina bormi?
Kichik banklar kripto kompaniyalariga hamkor bo‘lib kelayotgan bo‘lsa-da, tartibga solish borasidagi aniqlik yo‘qligi yirik banklarni chetda qolishga majbur qildi.