BTC narxi ko‘tarilishidan oldin, aksariyat coinlar bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan chakana investorlar va kitlar ko‘rsatkichi sezilarli oshganini, narx esa o‘zgarishsiz qolganini ko‘rdik. Bu ko‘pincha bozor ko‘tarilishidan darak beradi.
Eslatma: Kitlar uchun yuqori darajadagi treyderlarning long pozitsiyalari foizidan, chakana investorlar uchun esa global akkauntlarning long pozitsiyalari foizidan bilvosita ko‘rsatkich sifatida foydalanamiz.
Xarid va sotuv buyurtmalari (orderbook) ma’lumotlaridan ko‘p usullarda foydalanish mumkin. Eng oddiy usul: talab va taklif.
Xarid-sotuv nisbati yanada manfiylashgani sari taklif oshganini ko‘rdik. Bunga orderbookdagi 1% doirasida joylashgan sotuv buyurtmalari (limit sell orders) sezilarli darajada ko‘paygani sabab bo‘ldi.
Binance’dagi ilk maqolamizga xush kelibsiz. Ushbu maqolalar turkumida turli ko‘rsatkichlardan qanday foydalanish, bozorni tahlil qilish, kripto bozorining umumiy istiqbollari va boshqa ko‘plab mavzularga oid ta’limiy materiallarga e’tibor qaratamiz. Ushbu maqolada bozordagi keskin o‘zgarishni ko‘rib chiqamiz va likvidlik kaskadlari qanday ishlashini ma’lumotlar yordamida tushuntiramiz. Volatillik qaytdimi? Bitcoin o‘zining yuqori volatilligi bilan tanilgan. Kriptovalyuta bozorida yetarlicha uzoq vaqt bo‘lganlar uchun bir kunda (yoki bir necha soatda) 20% dan ortiq o‘zgarishlar tez-tez uchrab turadi. Yil boshidan beri narximiz 40% dan oshdi!