So‘nggi bir sutka davomida bitkoin (BTC) kursi $3 mingga pasaydi. Dushanba kuni uch oy ichidagi maksimumni (taxminan $79,5 ming) yangilagan birinchi kriptovalyuta seshanba kuni ertalab $76,5 minggacha tushib ketdi.
Valyuta kursining keskin pasayishi 27-aprel kuni kechqurun, AQSh ma’muriyatining Eron bilan muzokaralaridagi kelishmovchilik haqidagi bayonotlaridan keyin boshlandi. Neft narxi yuqoriga ketdi, kriptovalyutalarda esa, xavfli aktivlar sifatida, pasayish kuzatildi. Soat 10:50 (MSK) holatiga bitko ning narxi taxminan $76,7 ming atrofida bo‘lib, sutka yakunida u narxi 1,2% ga tushgan.