Rossiya jahon bozoriga millionlab tonna dizel yoqilg‘isi yetkazib beradi, deb aytilayotgan kelishuvga AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagi hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon suhbatida erishgan.
«Rossiya darhol Amerika va jahon bozoriga 300 ming tonnadan ortiq dizel yoqilg‘isi, noyabr oyida yana 500 ming tonna va undan keyin darhol 1 million tonna yetkazib berishi haqida kelishuvga erishildi», — deb yozdi Tramp TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida. U keyin esa — «rossiyalik dizel yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi neftni qayta ishlash zavodlarining holatiga qarab», — Rossiya bozorga yana 3 million tonna dizelni «qisqa muddatda» yetkazib berishga rozi bo‘lganini ta’kidladi. Shunday qilib, jami bozorga qariyb 4,8 million tonna yoqilg‘i chiqariladi.