Har bir siklda ta’sischilar issiq pulning “olov to‘pi”ni quvlaydi.
Oxirgi siklda bu tokenni ishga tushirishni anglatardi. Kripto kapital bozorlari juda ham qizib ketgan edi.
Bu siklda esa tokeningizni fond birjasiga olib chiqish (xuddi g‘aznachilik kompaniyalari uslubida).
Lekin issiq pul hech qachon joyida turmaydi, shuning uchun g‘aznachilik kompaniyalari yakuniy “meta” bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, issiqlik so‘nib borishidan oldin bunga 1-2 yilcha vaqt ketadi.
1994-yilda Silicon Valley’ga ko‘chib kelganida @pmarca aytgan mashhur bir gap bor. Internet portlashi o‘sha paytda ham allaqachon boshlangan edi. U Iowa shtatidagi kichik shaharchadan kelgan, AOL va Cisco kabi o‘sib borayotgan bu gigantlarni ko‘rib, ehtimol o‘zi juda kech qolayotgandek xavotirga tushgan. Ya’ni 1994-yilga kelib, u butun internet masalasi deyarli tugab bo‘lgan deb o‘ylagan.
Men ham 2018-yilda ilk bor kripto VC’ga kirganimda xuddi shunday his qilgandim. Polychain, Pantera, a16z, DCG va boshqalar esa o‘sha paytda ham afsonaviy edi. Darhaqiqat, yana bitta kripto VC uchun joy bormi? Ehtimol, bu ham kech bo‘lib qolgan, tarmoq esa birlashib (konsolidatsiyalashib) bo‘lgandek tuyulgandi.
Xavotir olmang. Hali deyarli hech narsa bo‘lmadi.
BTC hali ham oltinning 1/10 qismi. Dunyodagi 1% dan kamroq odam on-chain’ da. AQShda kripto haqida birorta ham qonun qabul qilingan emas. Va dunyodagi birorta yirik markaziy bank ham bu narsalardan birortasiga ega emas.
Siz kech emassiz. Kripto esa hali 20 yil ichida bo‘ladigan miqyosiga nisbatan juda ham kichik. Demak, kriptoga xush kelibsiz — bundan keyin juda ko‘p o‘zgaradi. O‘zingizning izingizni qoldiring.
@perkinscr97 bilan @avax sammitida o‘tirib, stablecoin bill (steyblkoin to‘g‘risidagi qonun loyihasi)ni tahlil qildik; RWAlar (real world assets — real aktivlar)ning yuksalishi on-chain (zanjirdagi) risklar uchun nimani anglatadi; REV foydali ko‘rsatkichmi yoki yo‘qmi; hamda nega AQSh Lazarus Group’ga “hack back” (qaytar hujum) qilishga xususiy kiberjangchilarni ruxsat berishi kerakligi haqida.