Kecha Cardano (ADA) tarmog‘idagi faollik sezilarli darajada oshdi: naq 204 milliard ADA tanga bilan tranzaksiyalar amalga oshirildi. Tranzaksiyalar hajmidagi bu ulkan o‘sish smart-kontrakt platformasiga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi va bir qancha omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Markazlashmagan moliya tahlil platformasi DefiLlama jamoa ichidagi, avvalroq platformaning “fork” qilinishiga tahdid solgan nizoni hal qilganga o‘xshaydi.
DefiLlamada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida dasturchi 0xngmi 19-mart kuni Twitter orqali da’vo qilganida ilk bor ma’lum bo‘ldi
Terra, FTX, Celsius va 3AC’ning qulashi, shuningdek, global miqyosda pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi 2022-yilda investorlarning kriptovalyutalarga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazdi, Bitcoin esa keskin tuzatishdan o‘tdi. Biroq Bitcoin haftani 34 foiz o‘sish bilan yakunladi — bu 2021-yil yanvaridan beri eng yaxshi natija.
Bitcoin blokcheynining o‘zi smart-kontraktlar va murakkab ilovalarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Shu sababli BTC’dan markazlashmagan ilovada foydalanish uchun foydalanuvchilar avval BTC’larini to‘liq ifodali smart-kontraktlar va markazlashmagan ilovalarni taklif qiladigan boshqa Bitcoin qatlamlariga o‘tkazishlari kerak. Buning uchun foydalanuvchilar “peg” mexanizmidan foydalanadilar, u quyidagicha ishlaydi: Foydalanuvchi Bitcoin’ini kiritadi (“peg in” qiladi) — uni qayerga kiritishiga hozir qaytamiz, bu muhim. Foydalanuvchi o‘zi kiritgan mablag‘ning aynan shu miqdoriga mos sintetik aktiv oladi. Bu yangi aktiv dasturlashtirilishi mumkin va undan turli Web3 ilovalarida foydalanish mumkin.
Polygon supernetlari va Avalanche subnetlari — ishlab chiquvchilarga ilova zanjirlarini tezda ishga tushirish yoki yaratishda yordam berishga qaratilgan masshtablash yechimlari. Ularning ayrim jihatlari o‘xshash bo‘lsa-da, konsensus mexanizmlari, soniyasiga amalga oshiriladigan tranzaksiyalar soni va validatorlarni boshqarish kabi bir qancha jihatlarda farq qiladi. Avalanche’da konsensusga erishish uchun birgalikda ishlaydigan va dinamik ravishda o‘zgaradigan validatorlarga ega subnetlar tizimi mavjud. Bu subnetlardan Avalanche tarmog‘ida to‘liq moslashtirilgan blokcheynlar yaratish uchun foydalanish mumkin. Polygon supernetlari esa ishlab chiquvchilarga o‘z blokcheyn tarmoqlarini yaratishning tejamkor usulini taqdim etadi. Maqolada Polygon supernetlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilib, supernetlarning texnik arxitekturasi batafsil bayon qilinadi.
Yaqinda e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, AQShdagi 190 tagacha bank allaqachon qulash yoqasida. Tahlilchilar muvaffaqiyatsizlikka uchragan Silicon Valley Bank’ni o‘rganib, hozirda AQSh banklarining 10 foizida SVBnikidan ham ko‘proq tan olinmagan zararlar borligini aniqlashdi.
Airdroplar uzoq vaqtdan beri yangi loyihalarning ommalashishi va ilk foydalanuvchilarni rag‘batlantirishining mashhur usuli bo‘lib kelgan. Ayniqsa, so‘nggi paytlarda Blur’ning muvaffaqiyatli ishga tushirilishi yoki Arbitrum’ning uzoq kutilgan e’loni bilan bu yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Biroq, an’anaviy airdroplar odatda foydalanuvchidan jiddiy majburiyatni talab qilmaydi. Natijada, tokenlarni shunchaki saqlab turishdan tashqari, foydalanuvchilarni loyihada ushlab qolish darajasi past bo‘ladi va ularning loyiha bilan o‘zaro faolligi juda kam yoki umuman bo‘lmaydi. So‘nggi paytlarda, loyihalar pasayish bozori sharoitida haqiqiy foydalanuvchilarga juda muhtoj bo‘lib turganida, «Sybil hujumi» yoki «airdrop ovchilari» kabi atamalar ko‘pincha salbiy ma’noda qabul qilinmoqda.
Agar Ripple AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) qarshi sud ishida g‘alaba qozonsa, tokenning Amerikadagi eng yirik kriptovalyuta birjasida qayta ro‘yxatga olinishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Microsoft Edge veb-brauzeriga kriptovalyuta va almashtirib bo‘lmaydigan tokenlar (NFT) bilan ishlashga mos Web3 hamyonini integratsiya qilish ustida ishlamoqda #microsoft
NFT bozori yaqinda uchta bankning qulashi bilan bog‘liq vaziyatlardan ta’sirlandi. Bu moliya muassasalari qatoriga Silicon Valley Bank, Silvergate va Signature Bank kiradi. Qattiq qoidalar, iqtisodiy tanazzul, likvidlik yetishmovchiligi va mijozlarning pul yechib olish haqidagi so‘rovlarini bajara olmaslik — bularning barchasi ushbu hodisaga sabab bo‘ldi. Virtual bank bo‘lgan Silicon Valley Bank (SVB) yaqinda bankrot bo‘ldi va DappRadar almashtirib bo‘lmaydigan tokenlar (NFT) savdosi hajmining keskin kamayganini kuzatdi. DappRadar tahliliga ko‘ra, 10-martdagi Silicon Valley Bank mojarosidan oldin NFT savdosi hajmi beqaror bo‘lib, 68 million dollardan 74 million dollargacha o‘zgarib turgan. 12-martga kelib, bu ko‘rsatkich 36 million dollarga tushdi. Mart va iyun oylari orasida almashtirib bo‘lmaydigan tokenlarning kunlik savdosi 27,9 foizga kamaydi, bu esa savdo hajmining pasayishiga hissa qo‘shdi.
GMX’damisiz? Perpy trading — GMX’ga ulangan copy trading platformasi. Sevimli treyderingizni kuzatib, uning savdolarini nusxalashingiz mumkin. Camelot’da ishga tushmoqda. Moliyaviy maslahat emas.