Blockchain Life 2023, Dubay va #Blockchainlife_Week men uchun rasmiy yakunlandi. 🚀 Men juda ko‘p odamlar bilan tanishdim va juda ko‘p narsani o‘rgandim.
Asosiy xulosalarim -
1. Hammaning fikricha Bitcoin 🌙 oyga uchadi, aniq hech kim keyingi 5 yilda narx qanday bo‘lishini bilmaydi. Hamma bitcoin narxini taxmin qilyapti, xolos. Haha 🤣
2. The Moon, Davincij, Crypto kid kabi influencerlar Bitcoin ETF tasdiqlanishi qisqa muddatda bitcoin narxini oshirib yuboradi, deb o‘ylashadi. Uzoq muddatda esa narxga hech qanday ta’sir qilmaydi.
3. Bitcoin’ning narxini nima ko‘taradi? Likvidlik
Bu ETF tasdiqlanishi yoki halvingga o‘xshagan narsalar emas. Bozorga likvidlik kirsa, narx ko‘tarila boshlaydi.
4. Bitcoin — hukumat yoki boshqa biron-bir institut boshqara olmaydigan yagona narsa. Har doim bitcoin sotib oling.
6. Hozir Bitcoin haqida gapiryapmiz, lekin yaqin yillarda Satoshi haqida gaplashamiz. Dunyo aholisining 99% kamida bitta bitcoin sotib ololmaydi o‘sha payt.
7. AI yaxshi, lekin u xavfli ham.
8. NFTs trendi deyarli tugadi.
9. Hindlar hamma joyda. Agar jamoangizda hind bo‘lmasa, demak jamoangizda siz juda “kattaroq” mavqeda emassiz.
Umid qilamanki, bu postdan nimanidir o‘rgandingiz. Fikrlaringizni ham ayting🤝🤝