🚨 CLARITY qonuni uchun vaziyat biroz murakkablashib qoldi. Ovoz berishni saylovlardan keyinroq qoldirish mumkinmi?
AQSH Vakillar palatasi sentabr oyida ikki haftalik sessiyani bekor qildi.
Demak, saylovlar oldidan palata ovoz berishi uchun atigi bitta hafta qoladi. Senat ham CLARITY qonuni bo‘yicha ishlarni taxminan 15-sentabr atrofida boshlashi kutilmoqda.
Biroq, agar Senat qonun loyihasiga o‘zgartirish kiritsa, u yana Vakillar palatasiga qaytishi kerak bo‘ladi.
Xullas, muddatlar juda ham torayib boryapti.
Bu esa CLARITY qonunini saylovlardan oldin yakunlashni tobora qiyinlashtirmoqda, saylovdan keyingi “lame duck” davriga surib yuborilish ehtimoli esa ortib bormoqda.
Bu yerda bozor uchun asosiy masala shartli ravishda qonun qabul qilinadimi-yo‘qmi emas, balki yana qancha kutishimizga to‘g‘ri kelishi. Chunki kriptoda narx harakatining muhim qismi aynan kutilmalarning o‘zidir. #kripto #CLARITYActFacesDelaySenateLoses8VotingDays
$0.1413 darajasi men uchun diqqat markazida. Agar breakout bo‘lib, narx shu darajadan yuqorida ushlab tursa, $0.1875 hududigacha taxminan 33% o‘sish salohiyatini ko‘ryapman.
Hajm bilan qo‘llab-quvvatlangan breakout muhim bo‘ladi. 🚀
Yaponiya Moliyaviy Xizmatlar Agentligi (FSA) kriptoni rasmiy ravishda “moliyaviy mahsulot” sifatida tasniflash va amaldagi 55% gacha yetadigan #kripto solig‘ini 20% qat’iy stavkaga tushirish bo‘yicha yangi tartibni tayyorlamoqda.
Agar bu qadam amalga oshsa, Yaponiyada kriptoga oid soliq yuki jiddiy yengillashadi va u korporativ hamda individual investorlar qiziqishini oshiradigan muhim islohot sifatida ko‘rilmoqda.
🚨Fed’ning 10 dekabrdagi yig‘ilishida foiz stavkasini pasaytirish ehtimoli 45% gacha tushib ketgan. Xuddi shu yig‘ilishda foizlarni o‘zgarmas holda qoldirish ehtimoli esa 54,2% bilan yuqoriroq ko‘rinmoqda.
Bozor keskin ko‘rinishi mumkin, lekin kengroq qarasak, manzara bizga nimani ko‘rsatmoqda? Hozir bo‘layotgani ayiq bozori emas, faqat agressiv tuzatish va leverajni tozalash.
Ayiq bozori degani — qiziqish so‘ngan, hajm qurigan, hech kim qaytib qaramaydigan davr. Bugun esa aksincha manzara bor: hamma ekran qarshisida, hajm yuqori va bozor hanuz ulkan qiymatga ega.
Bir nechta muhim ma’lumot buni ochiq ko‘rsatadi
1. Umumiy bozor kapitalizatsiyasi hali ham 3 trillion dollardan yuqori. Ayiq bozorida TOTAL buncha yuqorida turmaydi. Bozorning umumiy qiymati qulaydi va uzoq vaqt tiklana olmaydi. Bu yerda esa narx tushsa ham bozor kattaligi saqlanib qolmoqda.
2. #Bitcoin dominatsiyasi muvozanatda. Dominatsiya 58–60 foiz oralig‘ida. Ayiq bozorida dominatsiya yo keskin oshadi (altlar butunlay qulaydi), yo keskin tushadi (qiziqish uziladi). Hozirgi muvozanat bozorda qochish emas, larza borligini ko‘rsatadi.
3. Katta pul qochmayapti, faqat pozitsiyalar siqilishi yechilmoqda. Leverajlar yo‘qolishi bilan keskin harakatlarni ko‘ryapmiz. Bu qulash emas, tozalashdir. Ayiq davrlarida tizimdan haqiqiy chiqish bo‘ladi; hozir esa chiqish emas, qayta pozitsiyalanish bor.
4. ETF tomonida tuzilma buzilmadi. Kunlik sotuvlar bo‘lsa ham, jami kirim hali ham yuqori. Agar bozor ayiqka kirganida, mahsulotlarga qiziqish butunlay to‘xtar va oqim to‘xtab qolardi. Hozir bo‘layotgani — foyda olish va tuzatishning birlashuvi.
5. Bitcoin uzoq muddatli trendini buzmagan! Ayiq bozorida trend pastga sinadi, narx oylar davomida yeridan ko‘tarila olmaydi. Bu yerda esa narx trend ichida keskin to‘lqin qilmoqda. Bu vayronagarchilik emas, bu volatilitet.
Xulosa qilib aytganda, azizlar Bu bozor ayiq emas. Bu — katta rallilar oldidan bosim oshadigan, psixologiyasini boshqara olmaganlar chiqib ketadigan klassik oraliq davr. Panik xatti-harakatlar buni ayiqdek ko‘rsatsa ham, ma’lumotlar aksini aytmoqda.
Bu davr tugaganda ko‘pchilik bir xil gapni aytadi "Aslida masala tushishdan qo‘rqishda emas, tushishni to‘g‘ri o‘qishda ekan!"
Bozorda hozir kuzatilayotgan harakat aslida bizga shuni ko‘rsatmoqda: pul altlardan $BTC ’ga o‘tmayapti, BTC’dan altlarga ham oqmayapti. To‘g‘ridan-to‘g‘ri stablarga qochish bor. Bu esa vahima sotuvining va likvidatsiya bosimining qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatadi.
Dominantlikning pasayishi ko‘pchilik o‘ylagandek alt rallisi boshlanmoqda degan signal emas. Bu butunlay umumiy chiqish harakati. Ya’ni bozorda ishonch kamaygan, hamma bir paytning o‘zida eshik tomon yugurayotgan davrdan o‘tyapmiz.
TOTAL tomoni ham xuddi shu manzarani tasdiqlayapti. Bozorning butun holatini ko‘rsatadigan bu grafik BTC’dan ham keskinroq tushyapti. Ya’ni faqat #Bitcoin emas, butun bozor qiymat yo‘qotyapti.
Bunday harakatlar odatda tub hududlarda kuzatiladi. Qo‘rquv ortadi, ekranlar qizaradi, hamma bir vaqtda taslim bo‘lishga yaqinlashadi. Va bunday davrlardan keyin tiklanish ko‘pincha kutilgandan tezroq keladi.
Hozir aynan shu holat. Harakat maydoni tor, psixologik bosim juda kuchli, ammo manzara aslida aniq. Darajalarni kuzatib, xotirjam qolish shart.