Siz bilishingiz kerak bo‘lgan kripto va Web3 jargonlari hamda qisqartmalari
AF / ASF – Juda AMA – Mendan istalgan narsani so‘rang AML – Pul yuvishga qarshi kurash APE – Tadqiq qilmasdan savdoga sho‘ng‘ish APR – Yillik foiz stavkasi APY – Yillik foiz daromadi ATM – Ayni paytda Airdrop – Tokenlarni bepul tarqatish Bag – Biror coinning katta miqdori Bagholder – Narxi tushib ketgan coinni ushlab qolgan kishi BOS – Strukturaning buzilishi BRB – Hozir qaytaman CA – Kontrakt manzili CBDC – Markaziy bankning raqamli valyutasi CeFi – Markazlashgan moliya CEX – Markazlashgan birja CHOCH – Xarakter o‘zgarishi CT – Kripto Twitter
Korporativ Bitcoin garovlari omon qolish rejimiga o‘tmoqda
Bir necha hafta oldin ular qog‘ozda foyda ko‘rayotgan edi — endi esa BTC zaxirasiga ega ayrim kompaniyalar 500 million dollarlik amalga oshmagan zararlar bilan yuzma-yuz turibdi. Galaxy ogohlantirishicha, qarz hisobiga xarid qilganlar xarajatlarning oshishi, ustamalarning qisqarishi va yo‘qotishlarning tezlashishi tufayli qattiq zarba olmoqda.
Bu bosqichdan faqat balansida haqiqiy moliyaviy kuchga ega kompaniyalargina o‘ta oladi
X Yevropa Komissiyasining reklama akkauntini to‘xtatib qo‘ydi
X qamrovni sun’iy oshirish uchun zaiflikdan foydalanilganidan so‘ng Yevropa Komissiyasining reklama akkauntini o‘chirib qo‘ydi. Hatto regulyatorlar ham algoritmni o‘zgartirishga qarshi tura olmadi.
SEC rahbari: “AQShning barcha bozorlari blokcheynga o‘tmoqda.”
SEC rahbari Pol Atkinsning aytishicha, AQShning butun moliyaviy tizimi keyingi ikki yil ichida blokcheynga o‘tishi mumkin — Uoll-strit to‘liq blokcheyn islohotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tartibga soluvchilar kriptoga jiddiy kirishmoqda 👍
🎁 Tokenlashtirish jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.
Bozorlar tezkor hisob-kitoblar va xususiy aktivlardan uzluksiz foydalanish imkoniyatiga chanqoq — tokenlashtirish esa aynan shuni amalga oshirishga imkon beradi. Haqiqiy aktivlar (RWA) so‘nggi 20 oyda qariyb 300% ga o‘sdi, biz esa hali ham, asosan, «1996-yildagi internet» davridamiz.
Agar regulyatorlar bu sur’atga moslasha olsa, kelajakda aksiyalar, obligatsiyalar va kriptovalyutalar uchun yagona hamyon bo‘ladi 💪
🔥 Western Union USD stablecoinlari bilan oldindan to‘ldirilgan kripto kartani ishga tushirmoqchi
Karta foydalanuvchilarga pullarini stablecoinlarda saqlash imkonini beradi. Shu tariqa, mahalliy valyuta inflyatsiya sabab qadrsizlansa ham, jamg‘armalarining qiymati saqlanib qoladi.
Bloomberg’dan James Seyffartning ta’kidlashicha, SEC tomonidan SOL, DOGE, LINK va boshqa aktivlarga ETF’larni ma’qullash ko‘pchilik kutayotgan keng ko‘lamli altkoinlar rallisini boshlab bermaydi. Talab sust va institutlar BTC hamda ETH’ga e’tibor qaratayotgan bir paytda, bitta aktivga asoslangan altkoin ETF’lari jozibador emas.