Amulet Protocol — #Solana blokcheynida joylashtirilgan markazlashmagan riskni himoya qilish protokoli. Loyihaning asosiy vazifasi #web3 dagi har bir kishi uchun oddiy va ishonchli sug‘urta qamrovini taqdim etishdir.

Protokol buni juda yaxshi uddalaydi. U aqlli kontraktlar zaifliklari va stablecoin’larning depeg bo‘lishi bo‘yicha risk qamrovini joriy qilgan. NFT’lar, hamyonlar va metaverse uchun boshqa turdagi qamrovlar ishlab chiqilmoqda.

Ammo loyiha faqat qamrov bilan cheklanmaydi. Sug‘urtalash va da’volarni ko‘rib chiqish modeli foydalanuvchilarga sug‘urta pool’lari va storajlar shakllanishida faol ishtirok etish, shu bilan birga o‘z daromadlarini topish imkonini beradi. Masalan, foydalanuvchilar 14 ta mavjud protokollardan birida #Staking ishlab, 18–22% #APY ni olishi mumkin.

Yangi TNT Vault mahsuloti tufayli endi stablecoin depeg risklarini qoplashda anderrayter sifatida faoliyat yuritish mumkin. Bir necha kun ichida foyda 10% dan ham ko‘proqqa yetishi mumkin, yaqinda bo‘lgani kabi. Anderrayter depeg yuz berganda va trigger narxi ishga tushganda yuzaga keladigan risklarni o‘z zimmasiga olishini unutmaslik kerak.

Anderrayting

Himoya va pul ishlash uchun vositalar taqdim etish orqali loyiha shuningdek, malakali hamjamiyatni rivojlantirishga intiladi. Bounty dasturi AmuNation v2 eng sodiq foydalanuvchilarni loyihaga safarbar qilish va ularning loyihaning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun saxovat bilan mukofotlashni maqsad qiladi. Shunday qilib, oylik foydalanuvchilar oddiy harakatlar evaziga loyiha uchun juda qimmatli #NFT va $USDC ni mukofot sifatida oladi, ammo bu harakatlar loyihaga juda foydali.

Bounty dasturidan tashqari, foydalanuvchilar ijodiy tomondan ham o‘zlarini namoyon qilishlari va kontent orqali hamda loyihaning discord’dagi tadbirlarida ishtirok etish orqali loyihaning rivojlanishiga hissa qo‘shishlari mumkin. Faol ishtirok uchun ular martaba zinapoyasi bo‘ylab yuqorilab boradi va Contributordan Ambassadorning pullik roligacha mos rollarni oladi

Shunday qilib, Amulet o‘z ichiga quyidagilarni oladi: web3’da himoya taqdim eta oladigan innovatsion mahsulot, pul ishlash uchun vositalar va loyihani qo‘llab-quvvatlaydigan ajoyib hamjamiyat.

Siz ushbu hamjamiyatning bir qismiga aylana olasiz.