Ethereum hammuassisi Vitalik Buterin sarmoya kiritgan so‘nggi kriptovalyuta loyihasi ma’lum bo‘ldi:-

Ethereum (ETH) hammuassisi Vitalik Buterin va blokcheynni masshtablash bilan shug‘ullanuvchi StarkWare blokcheyn sohasidagi yangi tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda .

Buterinning yangi startapi — Kakarot, Starknet’dagi Ethereum Virtual Machine (EVM) hisoblanadi. Buterin va StarkWare Kakarot deb atalgan startap uchun pre-seed investitsiya bosqichida ishtirok etdi. Investitsiya miqdori esa ommaga oshkor qilinmadi .

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, CairoVM asosida qurilgan, Tyuring tiliga mos Kakarot zkEVM dasturchilarni Ethereum bilan mos muhitga o‘tkazish orqali EVM bilan mos ilovalarni yaratish va ishga tushirishni osonlashtiradi.

Kakarot kelajagiga nazar tashlasak, Starknet’da 2-darajali EVM sifatida o‘zini namoyon etishga qaratilgan ulkan rejaning ilk bosqichi ko‘zga tashlanadi.

Kakarot investitsiya raundi haqida o‘zining rasmiy Twitter akkauntida quyidagilarni yozdi:

Kakarot Labs rasman tashkil etildi va yetakchi investorlar ishtirokidagi pre-seed investitsiya raundini yakunladi.

Kakarot zkEVM — Cairo asosida qurilgan Ethereum virtual mashinasi (EVM).

U isbotlanadigan tranzaksiyalar va bloklar uchun STARK isbotlaridan foydalanib, shaffoflik va xavfsizlikni ta’minlaydi.

Validatsiya isbotlari tufayli, Kakarot Ethereum L1 xavfsizligini ta’minlashni o‘z zimmasiga olishi va shu bilan birga xarajatlarni kamaytirishi mumkin.”

*Eslatma: “bu investitsiya bo‘yicha maslahat emas”

#Ethereum #ETH #blockchains #Binance