Agar aksiyа 20% ga tushsa, orqaga qaytish uchun u necha foizga o'sishi kerak?

Javob — 20% bo'lib tuyulishi mumkin.

Lekin unday emas.

Aytaylik, aksiyа $100 turardi.

U 20% ga tushdi → $80 qoldi.

$80 dan $100 ga qaytish uchun o'sish 25% bo'lishi kerak.

Ya'ni:

$100 → -20% → $80 → +25% → $100

Nega shunday?

Sababi foizlar yangi, ancha past qiymatdan hisoblanadi.

Va aktiv qanchalik kuchli tushsa, tiklanish uchun shunchalik ko'p o'sish talab qilinadi:

-10% → +11,1%
-20% → +25%
-50% → +100%
-70% → +233%

Shuning uchun 50% tushish — oddiygina 50% ga o'sish bilan tuzatib bo'ladigan holat emas.

Mening fikrimcha, bu riskni baholashda eslab qolish kerak bo'lgan eng muhim narsalardan biridir:

tushish va o'sish foizlari simmetrik emas.

#Trading #Investing