Disney Kaliforniyaning Anaxaym shahrida bo‘lib o‘tgan D23 Expo ko‘rgazmasida o‘z tematik bog‘lari uchun katta rejalarini, jumladan, asosiy maskanlaridagi ta’mirlash va yangilash ishlarini ma’lum qildi. Disney Experiences raisi Tomas Mazlum kompaniya Walt Disney World’dagi Animal Kingdom bog‘ining Expedition Everest attraksionida joylashgan, mashhur bo‘lsa-da, ta’mirtalab yeti animatronigini ta’mirlab, avvalgi ko‘rkamligini tiklashini e’lon qildi.
Florida shtatidagi EPCOT’da Disney park tarixida alohida o‘rin tutgan sevimli qahramonlar — Dreamfinder va Figmentni qaytarishni rejalashtirmoqda. Ularning qaytishi park attraksionlarini qayta jonlantirish va takomillashtirish, tashrif buyuruvchilarga ham nostaljik, ham yangicha taassurot ulashishga qaratilgan kengroq sa’y-harakatlarning bir qismidir. Bundan tashqari, Disney Kaliforniyadagi Tomorrowland hududini to‘liq yangilashini e’lon qildi. Bu kompaniyaning eng muhim hududlaridan birini modernizatsiya qilishga katta sarmoya kiritayotganidan dalolat beradi.