Afsuski, Bitcoinning pasayish sur’ati payshanba kuni tushdan keyin ham davom etdi. Atigi 20 daqiqa ichida uning qiymati 7% ga tushib, qisqa muddatga 26 000 dollardan pastga ketdi. Bu pasayish boshqa yirik kriptovalyutalarga, jumladan #Ethereum ga ham ta’sir qilib, 800 million dollardan ortiq likvidatsiyalarga olib keldi. 🙁
Payshanba kuni Bitcoin qiymatining pasayishi Xitoyning yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi Evergrande Group Nyu-Yorkda Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunning 15-bobi bo‘yicha himoya so‘ragani haqidagi xabarlardan keyin yuz berdi. Shu bilan birga, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi o‘zidagi #bitcoin aktivlar qiymatini 373 million dollarga kamaytirgani va miqdori oshkor qilinmagan qismini sotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ripple (XRP), Shiba Inu (SHIB) va Litecoin (LTC) kabi boshqa kriptovalyutalar ham so‘nggi kunlarda sezilarli o‘sish tendensiyasini ko‘rsatganiga qaramay, o‘tgan sutka davomida kamida 14% ga arzonladi.
#Eshajee