
O‘tgan haftada boshlagan sayohatimda men bozorda yangi ishtirokchilarga qisqacha marshrut ko‘rsatishga harakat qildim. Lekin bu yetarli bo‘lmasligini o‘ylaganim uchun, maqolada aytib o‘tgan qadamlarimni batafsilroq tushuntirishga qaror qildim. Shu nuqtai nazardan, men “O‘ZINGNI TANISH” birinchi bandidan boshlayman. Umid qilamanki, bu foydali bo‘ladi
O‘zini bilish nafaqat bozor uchun, balki butun hayotingiz yo‘li uchun ham juda muhim masaladir. O‘zini bilish jarayoni — inson hayotidagi eng qimmatli va ta’sirli sayohatlardan biridir. Bu sayohat insonning u o‘zi kim ekanini tushunishiga, ichki olamini kashf etishiga va uning haqiqiy salohiyatini ochib berishiga yordam beradi.
Xo‘sh, o‘z-o‘zini bilish/kashf qilish sizga nima beradi? O‘z-o‘zini bilish jarayoni insonning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi, ichki muvozanatni ta’minlaydi va hayotning yanada chuqurroq hamda mazmunli jihatlarini ochib beradi. Bu esa maqsadlaringiz va qadriyatlaringizni belgilashga, hayotiy maqsadingizni tushunishga va yanada mazmunli hayot kechirishga imkon yaratadi. Bu jarayonni boshqarish uchun biz amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan ba’zi qadamlar bor.
1- Ichki dunyoingizni kashf eting: O‘z-o‘zini kashf etish sayohati ichki dunyoingizni tushunishdan boshlanadi. O‘zingizning hislaringiz, fikrlaringiz va e’tiqodlaringizni anglash uchun vaqt ajrating. Buni meditatsiya-duo, kundalik yozish kabi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin.
2. Xush ko‘radigan narsalaringiz va qiziqishlaringizni aniqlang: Hayotda eng ko‘p nimalarni yoqtirishingizni va qaysi yo‘nalishlarda porlashingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Ta’bingiz va qiziqishlaringizni aniqlash sizni qaysi yo‘llar qiziqtirishi mumkinligini ko‘rsatadi.
3. Kuchli va zaif tomonlaringizni tushuning: Kuchli tomonlaringizni tanib olish sizga ularni yanada rivojlantirish imkonini beradi. Xuddi shunday, zaif tomonlaringizni tanib, ular ustida ishlash esa shaxsiy rivojlanishingizni qo‘llab-quvvatlaydi.
4. O‘tgan tajribalardan o‘rganing: O‘tgan tajribalaringizdan o‘rganing. Muvaffaqiyatli bo‘lgan lahzalaringizni va xatolardan nimani o‘rganganingizni ko‘rib chiqish orqali kelajakda qanday qilib yaxshiroq qarorlar qabul qilishingiz mumkinligini tushunib olasiz.
5. Yangi tajribalarga ochiq bo‘ling: O‘z-o‘zini kashf etish sayohatingizda yangi tajribalarga ochiq bo‘lish sizni o‘zingizning chegaralaringizdan tashqariga olib chiqadi. Turli madaniyatlar, mashg‘ulotlar yoki faoliyatlarni sinab ko‘rish sizda o‘zingizning yangi jihatlaringizni kashf etishga yordam beradi.
6. O‘zingizni qabul qiling va seving: O‘z-o‘zini kashf etish yo‘lidagi eng muhim qadamlarning biri — o‘zingiz qanday bo‘lsangiz, shundayligingiz uchun o‘zingizni qabul qilish va sevishdir. Kamchiliklaringiz — sizning bir qismingiz. Kamchiliklaringiz bilan birga yaxlit holda o‘zingizni qabul qilish ichki osoyishtalik va ijobiy o‘ziga baho berishni kuchaytiradi.
7. O‘rganishni va yaxshilanishni davom ettiring: O‘z-o‘zini kashf etish sayohati hech qachon tugamaydi. Doimiy o‘rganish va rivojlanish shaxsiy o‘sishingizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Xo‘sh, bularni bozorda qanday moslashtirish mumkin? Agar siz klassik pul bozorlarida bo‘lsangiz, ishingiz kripto investorlariga qaraganda osonroq. Kripto hali to‘liq shakllanmagan, shuning uchun har kuni ko‘plab yangi g‘oyalarga duch kelasiz. Aytaylik, siz kripto treyderisiz va bozorda omon qolishni xohlaysiz — buning uchun sizga bir nechta qadam kerak bo‘ladi.
1 Investitsiya turingizni aniqlang: Bozorlarning o‘z ichida aylanishi bor. Buni tushunish va unga singish uchun avvalo ruhiy holatingizni bilishingiz kerak. Agar siz unchalik hayajonlanmagan bo‘lsangiz va kuchli psixologiyaga ega bo‘lmasangiz, uzoq muddatli investitsiya sizga ko‘proq mos bo‘lishi mumkin. Fundamental tahlilni o‘rganish orqali siz samaraliroq daromad topishingiz mumkin, yoki agar sizda po‘latdek iroda bo‘lsa, texnik tahlilni o‘rganib qisqaroq muddatli treydlar qilish sizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
2 Reja tuzing: Ruhiy holatingizni aniqlab olganingizdan so‘ng, pulingizni qayerga sarmoya qilishni hal qiling. Boshqalar aytgan narsa nima bo‘layotganiga qaramang, o‘zingizning o‘yin rejangizni tuzing.
3 Realistik bo‘ling: Reja qilayotganda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalarga orzu qilmang. Matematikangiz va psixologiyangizga ishoning, bo‘lmasa-bolmaydi gaplarga emas.
4 Xavfingizni boshqaring: Rejangizni tuzayotganda xavfingizni ham rejalashtirishni unutmang. Bu ishning hammasi psixologiya va tahlil haqida emas. Bu biznesdagi eng muhim qism — albatta xavfni boshqarish. Xavfingizni boshqarayotganingizda to‘xtashdan qo‘rqmang. Agar siz bozorda bo‘lsangiz, to‘xtash va foyda — aka-uka. Lekin ko‘r-ko‘rona bo‘lmang va bitta treydda balansingizning 10%ini xavf ostiga qo‘ymang.
Nihoyat, bozor o‘yin maydonchasi emas. Siz bu yerda topgan pulingizni himoya qilish va yanada ko‘proq daromad topish uchun keldingiz. Bozor 1 va 0 dan iborat. Albatta g‘olib va mag‘lub bo‘ladi. Yutuvchi tomonda bo‘lish uchun avvalo o‘zingizni bilish, yo‘lingizni bilish kerak. E’tiboringizni shunga qarating: maqsadini bilmagan kemaga hech qanday yaxshi niyat shamoli foyda keltirmaydi.