Moliyaviy tahlilchi Tom Li kripto bozoridagi ishlar kutilganidek kechsa, yaqin kelajakda Bitcoin narxi 150 000 dollarga yetishini kutmoqda.

Amerikalik investor va tahlilchi Tom Li AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etilgan birja fondlari (ETF) arizalari bo‘yicha ishlar kutilganidek kechsa, kelajakda Bitcoin narxi oshishini kutmoqda. Fundstrat tahlilchisining bu izohi BTC 2023-yil iyun oyining oxirgi haftasidan beri deyarli gorizontal harakatni saqlab kelayotgan bir paytda yangradi. 2023-yil martidan beri Bitcoin bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan S&P 500 indeksi BTC narxiga muvofiq barqaror o‘sib kelmoqda. Shu bilan birga, treyderlar ayni davrda kripto bozoriga sarmoya kiritishga asosan ikkilanib turishdi. Bu davrda bir nechta yirik moliyaviy kompaniyaning Bitcoin ETF bo‘yicha arizalari kun tartibiga chiqdi. Fundstrat tahlilchisi Tom Li spot ETF’lar yordamida BTC narxi 150 000 dollardan oshishini taxmin qilmoqda. Xo‘sh, bu qanday yuz beradi?

Bitcoin narxi 150 000 dollarga yetadimi?

CNBC’ga bergan intervyusida Tom Li Bitcoin narxi 150 000 dollardan oshishini aytdi. Li bashoratining asosini AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasining (SEC) spot Bitcoin birja fondiga (ETF) yashil chiroq yoqishi tashkil etadi. Biroq, uning fikricha, ETF AQShda tasdiqlanmasa ham, 2024-yilning birinchi yarmida kutilayotgan Halving hodisasi tufayli narx baribir ko‘tarilishi mumkin. Shunga qaramay, Li Halvingning o‘zi BTC narxini 100 000 dollardan oshira olmasligini ta’kidladi. Shu bois, tahlilchining fikricha, narxning keskin ko‘tarilishi uchun spot Bitcoin ETF’lari tasdiqlanishi kerak.

“Agar spot BTC ETF’i tasdiqlansa, Bitcoin’ga bo‘lgan talab taklifdan oshib ketadi. Shu sababli BTC 150 000 dollardan, hatto 180 000 dollardan ham yuqoriga ko‘tariladi, deb o‘ylayman.”

BlackRock kompaniyasi boshlab bergan spot BTC ETF’iga arizalar topshirish jarayoni Fidelity kabi yirik kompaniyalarning arizalari bilan davom etmoqda. Hozirgacha hech bir spot Bitcoin ETF’i tasdiqlanmagan, ammo investorlar ijobiy javob kutmoqda. Ayni paytda BTC 29 114 dollardan savdo qilinmoqda. Yetakchi kriptovalyuta 2021-yil noyabr oyi oxirida 69 000 dollargacha ko‘tarilgan edi.