USDT narxiga dollar kursi bo‘yicha bog‘langan tokenni emit qiluvchi Tether kompaniyasi bugun kriptovalyutaning 3 ta tarmog‘iga ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishini e’lon qildi.

“Tamoyillarga ega bo‘lgan tashkilot sifatida biz izchil va oshkora bo‘lishimiz, hatto bu qiyin qarorlarni nazarda tutsa ham, ochiq jarayonlarga rioya qilishimiz kerak”, — dedi Tether’ning CTO’si Paolo Ardoino matbuot xabarida.

Tether tark etadigan 3 ta tarmoq ichida OmniLayer eng diqqatga sazovorisi, chunki u 2014-yilda USDT paydo bo‘lganida unga dastlabki yordam ko‘rsatgan birinchi tarmoq bo‘lgan. Omni Layer — Bitcoinga ikkinchi qatlam tarmog‘i bo‘lib, u foydalanuvchilarga tokenlar yaratish va tarqatish, aqlli kontraktlar bajarish hamda markazlashmagan ilovalar (dApps)ni ishga tushirish imkonini beradi. “Bu qaror ayniqsa dastlabki transport qatlami Omni Layer borasida og‘riqli”, deb ta’kidladi Ardoino.

Tokenlarning chiqarilishi, tarqatilishi va ayirboshlanishi uchun ortda qoladigan yana bir tarmoq — BCH-LSP (Simple Ledger Protocol) bo‘ladi. Bu foydalanuvchilarga Bitcoin Cash protokoli asosida tokenlar yaratish va ularni emissiya qilish imkonini beradigan qatlam. Tether 2020-yilda Bitcoin Cash’da qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘ya boshladi