Tarmoq asoschisi ikkinchi qatlam tarmoqlariga to‘xtalib, ekotizimda munozaraga sabab bo‘ldi.

Ethereum’da ikkinchi qatlam (L2) miqyoslash yechimlari ko‘pchilik uchun bu tarmoqning o‘sishiga imkon beradigan kelajakdir. Vitalik Buterin ham buni shunday deb hisoblaydi, biroq u shuningdek, L2’larda ishlab chiquvchilar muayyan kamchiliklarni bartaraf etish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan «orqa eshiklar» borligini aytadi.

Xususan, Vitalik Buterin «hozirda Ethereum’da mavjud bo‘lgan rollups va barcha L2’lar men “o‘quv g‘ildiraklari” deb ataydigan narsaga ega — bu qandaydir xatolik yuz bersa, ishlab chiquvchilar kirib, aktivlarni saqlab qolishlari va protokolni o‘zgartirishlari mumkin bo‘lgan, orqa eshiklar (backdoor) turlaridir» deb aytdi.

Ushbu “training wheels” (ingliz tilida) g‘ildiraklari konsepti L2 loyihalarini hali ham ishlab chiqishning dastlabki bosqichida bo‘lib turgan, ya’ni 2-bosqichdan past bosqichdagi loyihalarni atash uchun ommalashgan. L2beat.com saytida ko‘rish mumkinki, bunday “training wheels”ga ega bo‘lmagan atigi bir juft loyiha bor va ular eng ko‘p ishlatiladigan 20 talikka ham kirmaydi.

Bundan tashqari, rus-kanadalik ishlab chiquvchi u rollaplar va kengaytirish yechimlari bo‘yicha ishlab chiquvchi jamoalar bilan gaplashganini hamda uning niyati «kelasi yili o‘sha xavfsizlik g‘ildiraklaridan xalos bo‘lish» ekanini aytdi.