Bir kunda bor-yo‘g‘ingizdan ayrilishni o‘rganmoqchimisiz? Unda ayni kerakli postga duch keldingiz! Hazillashdim. Bu post bir kunda portfelingizning 100 foizini yo‘qotish yo‘llari haqida ma’lumot berish uchun tayyorlangan. Ma’lumotni boshqalarga ham yetkazish va birga maroqli vaqt o‘tkazish uchun ushbu postni ulashing. Xo‘sh, keling, bir kunda hamma narsangizdan qanday ayrilishingiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz:
1. DEXlarda mem-koinlarni sotib olish: ishlab chiquvchilar likvidlikni olib qo‘yishi yoki koin zaxirasini sotib, firibgarlik qilishi mumkin
2. Leverage bilan savdo qilishda likvidatsiyaga uchrash
3. Hissiyotlarga berilib savdo qilish va har safar zarar ko‘rish
4. Xakerlar hujumiga uchrash: protokol yoki hamyoningiz buzilib, mablag‘laringiz o‘g‘irlanishi
5. Mablag‘larni noto‘g‘ri hamyonga yuborish
6. Mablag‘larni yoqish hamyoniga yoki kontrakt manziliga yuborish
7. Fishing firibgarligiga tushib qolish va hamyoningizdan ayrilish
8. To‘liq tadqiqot qilmasdan xarid qilish va loyiha yana bir LUNA’ga aylanishi
9. Mablag‘larni firibgar onlayn xizmatlarga yoki soxta veb-saytlarga yuborish
10. Kriptovalyuta saytlarida qimor o‘ynab, hamma narsadan ayrilish
11. NFT sotib olish va keyin loyiha egalari investorlarning pullarini olib g‘oyib bo‘lishi
Bir kunda portfelingizdan ayrilishning ayrim yo‘llarini sanab o‘tdim. Yana bilsangiz, quyida izoh qoldiring