Tether qilayotgan ishni PayPal ham qilmoqchi, shu sababli ular steyblkoin chiqarishdi.
Strategiya oddiy: Odamlardan dollarni olib, steyblkoin chiqarish va ularga steyblkoin bilan blokcheynda bemalol savdo qilish imkonini berish. DeFi protokolingizga kiritilgan dollarga T-billlar sotib olib, 5% foiz daromadi oling. Foiz to‘lovlarini foyda sifatida o‘zingizda qoldiring, steyblkoinlaringizning qolgan qismi esa blokcheynda haqiqiy dollar bilan ta’minlangan holda qoladi.
Fed risksiz foiz stavkasini 0–2% oralig‘iga tushirmaguncha, bu jarayon shu tarzda davom etadi va Tether/PayPal foyda chiqarishda davom etadi. Men to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, PayPal bunga, ehtimol, aksiyalari taxminan 80% ga tushib ketgani uchun kirishgan. DeFi innovatsiyasidan boshqa dollar ishlab topish va aksiyalar narxini oshirishning osonroq yo‘li yo‘q. Garchi PayPal buni tom ma’noda o‘zi ixtiro qilmagan bo‘lsa-da — ko‘proq Tetherning ishidan nusxa ko‘chirayotganga o‘xshaydi, lol.
AQSh fuqarosi uchun T-Bill sotib olish osonroq: Fidelity’ga kirib, shunchaki «Sotib olish» tugmasini bosadi. Ammo AQShdan tashqarida bo‘lgan odam qanday qilib xatarsiz 5% foiz daromadiga ega bo‘lishini tasavvur qiling (Fed stavkalarni pasaytirmasa, ROI 5% bo‘lib qoladi deb hisoblaganda). RWA aynan shu yerda ishga tushadi. Real dunyo aktivlarini tokenlashtirish — bu yerda RWA deganda T-Bill nazarda tutiladi. Xuddi shunday, kelajakda ko‘chmas mulk, oltin va boshqa aktivlar bilan ham buni qilish mumkin.