
Ocean Protocol — ochiq manbali protokol bo‘lib, ma’lumotlar va ma’lumotlarga asoslangan xizmatlar almashinuvi hamda monetizatsiyasini ta’minlaydi.
Endi ma’lumot qimmatli aktiv hisoblanadi va Ocean Protocol uning potensialini ro‘yobga chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ocean Market orqali ma’lumot egalari va iste’molchilar maxfiylik saqlanishini ta’minlagan holda ma’lumot aktivlarini xavfsiz tarzda e’lon qilishlari, topishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.
Turli loyihalar Ocean’ning ochiq manbali texnologiyasidan foydalanib, Yangi Data Economy’ning o‘sishiga xizmat qiladigan vositalar va ilovalar hamda ularning rivojlanayotgan ekotizimini yaratadi. Mahalliy OCEAN tokeni ma’lumot ustiga staking qilish, hamjamiyatni moliyalashtirishni boshqarish (governing) va ma’lumotni xarid qilish hamda sotishni osonlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Uning ta’minoti o‘sishni va uzoq muddatli barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaqt o‘tishi bilan bosqichma-bosqich taqsimlanadi.
*️⃣Dastur haqida
Ocean Protocol Ambassador Program Web3 ma’lumotlar iqtisodiyoti g‘oyasi, shuningdek sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan xilma-xil va hamma uchun ochiq hamjamiyatdir. Dastur kontent yaratuvchilar, grafik dizaynerlar, ishlab chiquvchilar, treyderlar va kriptovalyuta ixlosmandlari kabi turli kasb va yo‘nalishdagi insonlarni kutib oladi.
Ocean Protocol Ambassador Programida bir nechta ishtirok darajalari mavjud bo‘lib, ularning har biri mas’uliyatlar va mukofotlarning ortib borishi bilan farqlanadi. Ishtirokchilar o‘z hissalari uchun “tajriba ballari” (XP) to‘plashadi va eksklyuziv imtiyozlar hamda mukofotlarga kirish uchun darajalarini oshirishlari mumkin. Ambassadorlar ijtimoiy tarmoqlarda Ocean Protocolni targ‘ib qilish, so‘rovlarga javob berish, qiziqarli kontent, video va hokazolarni yaratish kabi turli vazifalarni bajarishadi.
Ambassador faoliyatida jami 5 ta taraqqiyot darajasi bor, keling ularni ochib beramiz:
0-daraja: Recruit (0–49 XP)
Siz hozirgina Ocean Ambassador Discord serveriga qo‘shildingiz — qiziqarli muhokamalarga sho‘ng‘ib, mazmunli o‘zaro aloqalarda to‘lqinlar uyg‘otishga tayyorsiz!
Maqsad: serverda qimmatli muhokamalarda faol ishtirok etish, qiziqarli savollar berish va boshqalarga Ocean Protocolning nozik jihatlarini tushunishda yordam berish.
Sizning vazifangiz jamoaga qimmatli resurs bo‘lish: bilimlaringizni ulashish va boshqalarga Ocean Protocol imkoniyatlari tubiga sho‘ng‘ishga yordam berish.
Yangi boshlovchi sifatida siz har bir savol javob berilishini kutayotgan hikmat marvaridi bo‘ladigan, ko‘makchi hamjamiyat yaratish uchun shu yerdasiz. Birgalikda Ocean Protocol orqali ma’lumotlarning haqiqiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga odamlarga imkon berib, yanada yorqin kelajak sari suzib boramiz.
1-daraja: Master Supporter (50–99 XP)
Sizning hamjamiyatdagi faol ishtirokingiz va namunali rolingiz tufayli siz ilgari ko‘tarilish (promoted) uchun yetarli ball to‘pladingiz.
Siz yangi Ambassadorlarga ajoyib mentor bo‘lib qoldingiz. Yangi maqomingiz bilan kichik vazifalarni bajarib $OCEAN topishni boshlashingiz mumkin.
Yaxshi ishni davom ettiring va Ocean hamjamiyatiga hissa qo‘shishda davom eting!
P.S. Sizda endi zo‘r PFP (Profil rasmi) ham bor.
2-daraja: Ambassador (100–299 XP)
Ambassador bo‘lish uchun o‘zingizni tanishtirib, $OCEAN ni shaxsiy video orqali taqdim etishingiz, quizni muvaffaqiyatli topshirishingiz va kamida 3 ta vazifani bajarishingiz, hamda do‘stlaringizni taklif qilishingiz kerak!
Bu hayajonli yo‘l va sadoqatingiz hamda g‘ayratingizni tasdiqlovchi ajoyib yutuq.
Ambassadorlar jamoasiga xush kelibsiz — $OCEANni targ‘ib qilishdagi davomli hissangiz va ta’siringizni amalga oshirishda davom eting! Barakalla!
Endi siz $ocean mukofotlarini olish imkoniyatiga egasiz.
3-daraja: [Elite] Ambassador (300–499 XP)
Endi siz Ambassadorslarning eksklyuziv doirasining a’zosiz va sizning a’lo darajadagi hissalaringiz bu lavozimga haqiqatan ham munosib ekaningizni isbotladi.
Ushbu nufuzli unvon uchun ilk nomzodlardan biri bo‘lganingiz sabab jamoa siz uchun oz miqdorda $OCEAN ajratib qo‘ygan. Bu miqdor birinchi kelgan — birinchi xizmat ko‘rsatiladigan tamoyili bo‘yicha hamyoningizga o‘tkazilishi mumkin.
Bu muhim yutuq va Ambassador jamoasining qadrlanadigan qismi bo‘lish uchun ajoyib harakat. Jamoa sizning Ambassador sifatida davomli muvaffaqiyatingizni kutmoqda!
4-daraja: Afsonaviy Ambassadorlar (500 XP+)
Ushbu nufuzli unvon OCEAN Ambassador va OceanProtocol dasturiga ulkan hissa qo‘shganlar uchun ajratilgan. Dasturga yo‘llanmalar orqali qo‘shgan ajoyib hissangiz, bountylarda ishtirok etib, serverda faol bo‘lganingiz ushbu afsonaviy maqomni olishga sabab bo‘ladi.
Afsonaviy ambassador sifatida siz jamoaga bo‘lgan ajoyib sadoqatingiz va ta’sirini ifodalovchi noyob va nufuzli profil rasmi (PFP) belgisi bilan taqdirlanasiz.
Afsonaviy Ambassadorlar safiga qo‘shiling va Ocean Protocol olamida yuksaklik nishoni bo‘lib porlashda davom eting!
Qanday qo‘llash kerak
Ushbu havola orqali Ocean Protocol discord serveriga qo‘shiling. Qo‘shilgach siz #treasure-hunter kanaliga o‘tkazilasiz. Arizani topshirishni yakunlash uchun hujjatlar va Ocean Protocolning asosiy tushunchalari bilan tanishib chiqing.
Ocean Protocol loyihasi bilan tanishib olganingizdan so‘ng, #treasure-hunter kanalida biriktirilgan postga o‘ting, threadni (mavzuni) oching va ko‘rsatilgan qadamlarni bajaring (matn qatorida /apply buyrug‘ini kiritishingiz kerak, keyin DM’da sizga xabar beradigan botda kichik testdan o‘tasiz).
Arizangiz tekshirilib, hammasini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz — xush kelibsiz, dengizchi! Hozirgi tendensiyalar, sun’iy intellekt va orzularingiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yangi ma’lumotlar iqtisodiyoti olamiga qiziqarli sayohatga qo‘shiling!
Ushbu maqolada berilgan kontent faqat o‘qitish maqsadida bo‘lib, homiylik qilingan nashr emas. U yuridik yoki moliyaviy maslahat sifatida xizmat qilish uchun mo‘ljallanmagan. Huquqiy yoki moliyaviy vaziyatingiz bo‘yicha har qanday qaror qabul qilishdan oldin, litsenziyali advokat yoki moliyaviy maslahatchidan maslahat olishni tavsiya qilamiz.