Elon Maskning miya implantlari bilan shug‘ullanuvchi Neuralink startapi Peter Thielning venchur kapital fondidan 280 million dollar jalb qildi va 5 milliard dollarga baholandi. Uning maqsadi — tibbiy ehtiyojlari qondirilmagan insonlarning mustaqilligini tiklaydigan va kelajakda inson salohiyatini yuzaga chiqaradigan universal miya-kompyuter interfeyslarini yaratish.
Coinbase’ning Base asosiy tarmog‘i rasman keng jamoatchilik uchun ochildi. Base ekotizimida 100 dan ortiq dapp va xizmat provayderlari mavjud.
Coinbase’da protokollar yo‘nalishiga rahbarlik qiluvchi Jessi Pollakning aytishicha, foydalanuvchilar bu dapp’larni o‘rganishi va Ethereum bilan solishtirganda tranzaksiya to‘lovlari pastroq hamda tranzaksiyalar tezroq amalga oshishidan foydalanishi mumkin.
Fevralda test tarmog‘i ishga tushirilganidan va iyulda faqat dasturchilar uchun taqdim etilganidan beri Base ko‘plab kripto loyihalari, jumladan DeFi protokollari, ko‘priklar, tahlil va infratuzilma provayderlari bilan integratsiyalashdi#crypto2023