Yaqinda Reddit’ning MOON kriptoaktivining narxi keskin ko‘tarildi. Bunga blokcheyn ma’lumotlarida taniqli kriptovalyuta investori GCR 450 mingta token sotib olgani aks etgani sabab bo‘ldi. GCR Terra’ning LUNA tokeni narxi qanday o‘zgarishini muvaffaqiyatli bashorat qilgani va bu kriptovalyutaga qarshi 10 million dollarlik tikish qilgani bilan tanilgan. MOON narxining ko‘tarilishiga, asosan, GCR 450 mingta MOON tokenini sotib olgani haqidagi taxminlar sabab bo‘ldi. Reddit foydalanuvchisi Nutcase420’ning r/CryptoCurrency bo‘limidagi postida aytilishicha, GCR tokenlarni MEXC birjasida sotib olib, so‘ng Arbitrum Nova orqali Kraken kriptovalyuta birjasiga o‘tkazgan.
Reddit’ning r/CryptoCurrency bo‘limiga xos kriptovalyuta bo‘lgan MOON tokeni so‘nggi paytlarda narx jihatidan yaxshi natija ko‘rsatdi. 7-avgust kuni Kraken birjasida MOON tokeni savdoga qo‘yildi va bu uning narxi ko‘tarilishiga turtki bo‘lgan omillardan biriga aylandi. Bundan oldin, iyul o‘rtalarida Crypto.com ham MOON tokenini savdoga qo‘ygandi. Kraken’da savdo boshlanganidan buyon MOON va BRICK (Reddit’dagi boshqa bir token) narxlari mos ravishda 82% va 572% ga ko‘tarildi. Joriy yil boshida kriptovalyutani Arbitrum Nova’ga ko‘chirish doirasida 4,7 millionta MOON tokeni yoqib yuborildi.