200 000 dan ortiq qurbonni chuv tushirgan ulkan kripto Ponzi sxemasi haqidagi murakkab voqea Hindiston rasmiylari uning ehtimoliy tashkilotchisi qo‘lga olinganini e’lon qilishi bilan nihoyasiga yetdi. 40 yoshli Gurtej Singh Sighuning hibsga olinishi shubhasiz insonlarni uyatsizlarcha o‘lja qilgan firibgar Solar Techno Alliance (STA) faoliyatiga jiddiy zarba berdi. Blokcheyn texnologiyasi va quyosh energiyasi innovatsiyalari niqobi ostida ish yuritgan ushbu Ponzi sxemasi qulashidan oldin aql bovar qilmas darajada — 10 milliard rupiy (120 million dollar) mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
2021-yilda paydo bo‘lgan STA quyosh texnologiyasiga e’tibor qaratib, mijozlar bilan fermerlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga bag‘ishlangan, blokcheynga asoslangan inqilobiy kompaniya bo‘lishni va’da qildi. Jozibador bu hikoya a’zolarni tizimli ravishda jalb qilgan Ponzi tamoyiliga asoslangan ko‘p bosqichli marketing sxemasini yashirish uchun puxta o‘ylab topilgan edi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi (EOW) rahbari Jai Narayan Pankaj STA faoliyatining asl mohiyatini fosh qildi. Uni «kripto Ponzi firibgarligi» deb ta’riflab, bu sxema firibgarlik niyatlarini yashirish uchun odamlar e’tiborini chalg‘itish maqsadida yashil energiya va quyosh texnologiyasi kabi atamalardan ayyorlik bilan foydalanganini ma’lum qildi. Qonuniy tashabbus niqobi ostida faoliyat yuritgan STA yashirincha hayratlanarli darajada — 10 milliard rupiy mablag‘ to‘plagan.
Rasmiylar STA faoliyatini har tomonlama tekshirishni boshladi va uning Odisha, Bhadrak, Balasore, Bhubaneswar, Mayurbhanj, Jajpur, Kendrapada hamda Keonjhar kabi turli tumanlarda faoliyat yuritganini aniqladi. Uning bu qadar keng qamrovli faoliyati sxemaning murakkabligini va ishonuvchan qurbonlarga keng ko‘lamda ta’sir ko‘rsatganini anglatadi.
Ponzi sxemasi qurbonlari yangi a’zolarni jalb qila olishlariga qarab kuniga 20 dollardan 3 000 dollargacha katta daromad va’dasi bilan tuzoqqa tushirildi. Pankaj qisqacha tushuntirishicha, sxema ko‘p bosqichli marketingning klassik usuliga amal qilgan va dastlabki pul yutuqlaridan foydalanib, odamlarni yana boshqalarni jalb qilishga undagan.
Taxminlarga ko‘ra, sxema faoliyatini sahna ortida Vengriya fuqarosi David Gez boshqargan. Hibsga olingan bosh tashkilotchi Gez ham, Sidhu ham qimmatbaho mashinalar va dizaynerlar kiyimlari kabi hashamatli buyumlarga berilib, dabdabali hayot kechirgan.
Solar Techno Alliance uyushtirgan 120 million dollarlik kripto Ponzi sxemasining barham topishi Hindistondagi huquq-tartibot idoralarining kriptovalyuta sohasidan foydalanib firibgarlik qiluvchilarga qarshi kurashidagi g‘alabadir. Bu ibratli voqea kripto olamida hushyorlik va puxta tekshiruvlar muhimligini ta’kidlaydi, shuningdek, firibgarlar ishonuvchan qurbonlarni aldab, pullarini o‘zlashtirish uchun nimalarga qo‘l urishlarini ko‘rsatadi.