Binance’ning yangi tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Telegram botlari orqali kriptovalyuta savdosi keskin oshdi. PayPal Paxos Trust Co. tomonidan chiqariladigan, AQSh dollariga bog‘langan yangi steyblkoin — PayPal USD (PYUSD)ni ishga tushirdi. Ayni paytda MakerDAO’ning yangi kripto kreditlash platformasi Spark Protocol VPN foydalanuvchilarining veb-saytiga kirishini bloklagani uchun kripto maxfiyligi himoyachilarining g‘azabiga sabab bo‘ldi

Telegram botlari kriptovalyuta bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda: ushbu dasturiy ilovalar orqali amalga oshirilgan kunlik savdo hajmi so‘nggi haftalarda rekord darajaga yetdi.

Binance’ning yangi tadqiqotiga ko‘ra, kripto savdo botlarining jami savdo hajmi avgust oyi boshiga kelib 190 million dollarga yetdi. Chatbotlar orqali amalga oshirilgan kripto savdosi hajmi bo‘yicha bir kunlik rekord 23-iyul kuni qayd etilgan — 10 million dollar. Binance ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar faolligi ham iyul oyida rekord darajaga chiqib, kunlik noyob foydalanuvchilar soni 6 000 dan oshgan. Telegram’dagi chatbotlarning jami daromadi 15 500 Etherga yetdi

ETH

$1,831

, yoki taxminan 28 million dollar, deb yozadi hisobot muallifi Jie Xuan Chua.

Foydalanuvchilarga tranzaksiyalarni nisbatan uzluksiz amalga oshirish usulini taklif etish orqali botlar kripto ekotizimida o‘ziga xos o‘rin egallashi mumkin”, deb yozdi Chua. Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegram botlari allaqachon kripto foydalanuvchilariga savdo, airdrop yetishtirish va tokenlar bilan avtomatlashtirilgan operatsiyalarni o‘z ichiga olgan turli xizmatlarni taklif qilmoqda.