SCALLING NIMA?

Ethereum’dagi Scalling tarmoqning sig‘imini oshirish va soniyasiga ko‘proq tranzaksiyalarni (TPS) qayta ishlashga imkon beradigan turli sa’y-harakatlarni anglatadi. “Scalling” yechimlarining ikki asosiy turi bor: 1-qavat (Layer 1) va 2-qavat (Layer 2).

Bunda men Blockchain 1-qavatiga misol sifatida “ETHERIUM”ni oldim

1-qavat (Layer 1) Scalling

1-qavat Scalling blokcheyn protokolini (Layer 1) o‘zgartirish orqali uning sig‘imini oshirishni anglatadi. Bunga misol Ethereum 2.0 bo‘lib, u Ethereum tarmog‘ini katta yangilash orqali proof-of-work (PoW) o‘rniga proof-of-stake (PoS)ni joriy qiladi. Bu tarmoqning tranzaksiyalarni tezroq va pastroq (texnik xizmat, operatsiya) xarajatlar bilan qayta ishlashini ta’minlaydi.

2-qavatni kengaytirish

2-qavatni kengaytirish — bu uning sig‘imini oshirish uchun 1-qavat (Ethereum) blokcheyni ustiga qurilgan yechim. Bunga misol sifatida Rollups texnologiyasini keltirish mumkin.

Rollups — 2-qavat texnologiyasi bo‘lib, u of-chain rejimida tranzaksiyalarni qayta ishlashni ta’minlaydi (1-qavat zanjiri explorerlarida, masalan etherscan,binancescan’da iz qoldirmaydi), shu bilan birga 1-qavat blokcheynlarining xavfsizlik afzalligidan foydalanib qoladi va ko‘plab tranzaksiyalarni bitta tranzaksiyaga “jamlab” Ethereum tarmog‘iga tushadigan yukni kamaytiradi.

Crypto 2-qavatni kengaytirish loyihasi

  1. Arbitrum — Ethereum’ning skeylabillik (kengayish) imkonini oshirish uchun mo‘ljallangan 2-qavat yechimi. Arbitrum Ethereum’dagi kabi xavfsizlikni saqlagan holda tranzaksiyalar sig‘imi va tezligini oshiradi. Bunga ko‘p hisoblash va saqlashni of-chain (tashqarida) amalga oshirishga imkon beradigan Rollup texnologiyasidan foydalanish orqali erishiladi, shu bilan birga Ethereum tarmog‘i taqdim etadigan xavfsizlik saqlanadi. Lekin siz 2-qavatdagi transcation’ni ushbu explorer’da kuzatishingiz mumkin: arbiscan.io

  2. Optimism yoki Optimistic Ethereum — Ethereum uchun mo‘ljallangan 2-qavat yechimi bo‘lib, Ethereum’da skeylabillikni oshirish va gaz (gas) xarajatlarini kamaytirishni maqsad qiladi. Bunga erishish yo‘li Optimistic Rollup’dan foydalanishdir, bu 2-qavat konstruktsiyasining bir turi. Optimistic Rollup’da tranzaksiyalar Ethereum’ning asosiy 1-qavat blokcheynidan tashqarida (off-chain) qayta ishlanadi va bajariladi, faqat yakuniy natijalar esa Ethereum’ga qayta joylanadi. Bu esa kamroq vaqt ichida ko‘proq tranzaksiyalarni ancha past xarajat evaziga qayta ishlash imkonini beradi. Lekin siz 2-qavatdagi transcation’ni ushbu explorer’da kuzatishingiz mumkin: optimistics.etherscan