AQShning Nyu-York janubiy okrugi federal sudi #Tether va #Bitfinex kompaniyalariga qarshi qo‘zg‘atilgan jamoaviy da’volarni rad etdi.

Sud da’vogarlarning shikoyatida “USDTning haqiqiy qiymati pasayganini” ko‘rsatuvchi hech qanday fakt yo‘qligi sababli, unda “zarar yetkazilgani haqidagi asosli da’volar” mavjud emas, degan qarorga keldi.