AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) mashhur Hex kriptovalyutasi asoschisi Richard Heart, shuningdek, PulseChain va PulseX kabi boshqa loyihalarga qarshi tergov boshladi. Ayblovlar milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilgan kriptografik aktivlarga asoslangan, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlar takliflari orqali investorlardan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish bilan bog‘liq.
SEC ma’lumotlariga ko‘ra, Heart 2,3 milliondan ortiq efir tokenini olgan, bu o‘sha paytda taxminan 678 million dollarga teng bo‘lgan va ularni Hex hamyonining ommaviy manziliga o‘tkazgan. Bundan tashqari, u PulseChain investorlarining mablag‘laridan kamida 12,1 million dollarni shaxsiy maqsadlarda, jumladan, 555 karatli olmos, hashamatli avtomobillar va soatlar kabi qimmatbaho buyumlarni sotib olish uchun o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Ayblovlar, shuningdek, investorlar mablag‘laridan 217 million dollarni shaxsiy hamyonga o‘tkazishni ham o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, komissiya Heart va uning loyihalari ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlarni sotganini da’vo qilmoqda. Bu moliyaviy qoidalarga ko‘ra jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi. SEC ta’kidlashicha, Heart Hex va PulseChain qiymatini sun’iy ravishda oshirib, investorlarni chalg‘itgan.
SEC harakatlari natijasida PulseX va Hex qiymati sezilarli darajada pasaydi, bu esa ko‘plab investorlarni kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa oqibatlardan qo‘rqib, tokenlarini sotishga undadi. Shunga qaramay, mutaxassislar SECning bu qadami kriptovalyuta sanoati uchun foydali, deb hisoblaydi, chunki u tizimdan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanadigan firibgarlarni aniqlashga yordam beradi. #HEX #PULSECHAIN