Litecoin tarmog‘ining asosiy ko‘rsatkichlarida keskin o‘sish kuzatilmoqda va bu halving hodisasi arafasida, 24 soatdan ham kamroq vaqt qoldi.
Konchilik (minalash) hamjamiyatining kayfiyati ikki ko‘rsatkich bilan o‘lchanadi: hashrate va difficulty. 2023-yil boshidan beri LTC hashrate doimiy ravishda ortib bormoqda. Litecoin Foundation’ning e’loniga ko‘ra, hozirda LTC hashrate 869.9 TH/s ni tashkil etadi, difficulty esa 25.64 million.
Ushbu hashrate ortishi shuni ko‘rsatadiki, ko‘proq konchilar LTC hamjamiyatiga qo‘shilmoqda, natijada tarmoq xavfsizroq va ishonchliroq bo‘lib bormoqda.
2023-yil 2-avgustga belgilangan Litecoin halvingi Litecoin konchilari uchun blok mukofotlarini 12,5 LTC dan 6,25 LTC gacha kamaytiradi. Litecoin halvingi 2023-yil 2-avgust kuni soat 18:50 (UTC) da bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Litecoin Twitter akkaunti tomonidan e’lon qilingan postga ko‘ra, voqea boshlanishigacha 1 000 tadan kam blok qolgan.
Biroq, vaqtning ozgina farqlari yuzaga kelishi mumkin, chunki halving tadbiri oldindan belgilangan muddatdan emas, balki ma’lum bir blok balandligiga bog‘liq.
Har to‘rt yilda, ya’ni har 840 000 blokda Litecoin halving jarayoni tranzaksiyalarni validatsiya qilish uchun undiriladigan konchilik mukofotlarini 50% ga qisqartiradi. Bu jarayon kon qilish uchun yana LTC qolmaguncha davom etadi, bu esa 2142-yil atrofida kutilmoqda.Litecoin egalari zaxira to‘plamoqda, ijtimoiy faollik esa oshmoqda
Santiment tomonidan yaqinda e’lon qilingan tvitga ko‘ra, LTC’ning 9 500 dan 950 000 dollargacha bo‘lgan qiymatini ushlab turgan muhim treyderlar Litecoin’ning juda kutilayotgan halving tadbiri yaqinlashgani sari tezkor ravishda jamg‘armoqda. Treyderlar buni aksariyat coin halvingslarida bo‘lgani kabi bullish (narxning ko‘tarilishi ehtimoli yuqori) voqea deb hisoblamoqda.
Santiment ma’lumotiga ko‘ra, Litecoin o‘rta qatlam (mid-tier) egalari halving tadbiri uchun jamg‘arish qilmoqda: delfin va akula (dolphin va shark) hamyonlari 14-iyundan beri 205 400 ta Litecoin to‘plagan.
LunarCrush, ijtimoiy analitika xizmati, 30-iyul kuni Litecoin’da ijtimoiy faollik sezilarli oshgani haqida aytdi: bir soat ichida 2,16 millionta ijtimoiy muloqot (social engagements) qayd etilib, ijtimoiy postlar atrofida faoliyat chuqurligini ko‘rsatdi.
LunarCrush’ning ta’kidlashicha, Litecoin ijtimoiy faolligi ortishda davom etyapti; bu ijtimoiy tarmoqdagi postlarda jamoa faolligi va ishtiroki kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
Ko‘proq 💗 uchun kuzatib boring va layk bosing.