
Web3 ekotizimida ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiyligi sohasida yetakchilik qilayotgan ilg‘or platforma Mind Network seed bosqichidagi mablag‘ jalb qilish raundini muvaffaqiyatli yakunlab, 2,5 million dollar to‘plaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Ushbu moliyalashtirish raundida Binance Labs, Comma3 Ventures, SevenX Ventures, HashKey Capital, Big Brain Holdings, Arweave SCP Ventures, Mandala Capital va boshqa nufuzli investorlar ishtirok etdi. Binance kompaniyasining venchur kapital va inkubatsiya bo‘limi bo‘lgan Binance Labs Mind Netwrok’ga Binance Labs Incubation Program orqali sarmoya kiritdi.
Mind Network Web3 makonida yetakchilardan biriga aylandi: foydalanuvchilarga boshidan oxirigacha shifrlash imkonini berib, shaxsiy ma’lumotlari, moliyaviy operatsiyalari va foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalari ustidan to‘liq nazoratni taqdim etmoqda. Zero Trust Security, Zero Knowledge Proof tamoyillari va o‘ziga xos Adaptive Fully Homomorphic Encryption usullarini birlashtirish orqali platforma markazlashmagan ekotizimda mustahkam himoya va kirishni boshqarishni ta’minlaydi.
“Bunday nufuzli investorlarning qo‘llab-quvvatlashi va ishonchiga sazovor bo‘lganimizdan juda xursandmiz”, — dedi Mind Network bosh direktori Mason. “Ushbu moliyalashtirish ilg‘or texnologiyamizni yanada rivojlantirish va platformamizning turli sohalarda joriy etilishini tezlashtirish imkonini beradi hamda foydalanuvchilarimizning global miqyosda ma’lumotlar maxfiyligi va egaligini ta’minlaydi.”
Binance Incubation Program’ning 5-mavsumi ishtirokchisi sifatida Mind Network Binance’ning venchur kapitali va inkubatsiya bo‘limi Binance Labs tajribasi va yo‘l-yo‘riqlaridan foydalandi. Bundan tashqari, kompaniya nufuzli Chainlink BUILD Program’iga tanlab olindi, bu esa ma’lumotlar maxfiyligi va egaligiga asoslangan Web3 ekotizimini yaratishga sodiqligini yanada mustahkamladi.
“Mind Network’ni ekotizimimizda kutib olishdan mamnunmiz”, — dedi Chainlink BUILD’ning global rahbari Oliver Birch. “Ularning ma’lumotlar xavfsizligiga innovatsion yondashuvi bizning maqsadimizga mos keladi va markazlashmagan ilovalarning kelajagini shakllantirish uchun ular bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutmoqdamiz.” .
Mind Network Chainlink, Consensys va Arweave kabi soha gigantlari bilan strategik hamkorliklar o‘rnatib, platformaning rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi. Bu hamkorliklar, shuningdek, global banklar, sug‘urta kompaniyalari hamda turli dApp va protokollarning dastlabki qo‘llab-quvvatlashiga yordam berdi.
Seed moliyalashtirish bosqichining muvaffaqiyatli yakunlanishi hamda hamkorlar va investorlarning davom etayotgan qo‘llab-quvvatlashi tufayli Mind Network Web3 davrida ma’lumotlar xavfsizligi, maxfiyligi va egaligini yaxshilash missiyasini ilgari surish uchun qulay mavqega ega.
Mind Network haqida
Mind Network — Web3’dagi barcha ma’lumotlaringiz, smart-kontraktlaringiz va sun’iy intellektingizni himoya qiluvchi markazlashmagan Zero Trust ma’lumotlar ko‘lidir. U ma’lumotlarni saqlash va hisoblash jarayonlarida yuqori unumdor shifrlashni ta’minlash uchun Zero Knowledge Proof (ZKP) va Adaptive Fully Homomorphic Encryption (AFHE) asosidagi patentlangan Zero Trust tuzilmasida yaratilgan.