Avalanche Foundation Avalanche Vista’ni ishga tushirdi va Avalanche blokcheynida tokenizatsiya qilingan aktivlarni, jumladan, real dunyo aktivlari va blokcheyndan tashqari aktivlarni sotib olish uchun 50 million dollar ajratdi.

“Avalanche Vista” deb nomlangan dastur tokenizatsiyani qo‘llab-quvvatlash va uning ahamiyatini namoyish etishni maqsad qilgan. Tokenizatsiya — aktiv, buyum yoki narsaning blokcheynda raqamli ko‘rinishini yaratish jarayoni. n jarayonini samarali bajarish. Avalanche Foundation Avalanche Vista’ni ishga tushirdi.

Avalanche Foundation’ning 50 million dollarlik sarmoyasi Avalanche’ning konsensus jarayoni, o‘ziga xos Subnet dizayni va texnologik innovatsiyalaridan foydalanib, moliya tizimini yanada ommabop, samarali va tejamkor qilishni ko‘zlaydi. Maqsad — aktivlarni chiqarish, hisob-kitob qilish, o‘tkazish va boshqarish kabi qo‘lda bajariladigan, ko‘p operatsion mehnat talab qiladigan holatlarda blokcheyn infratuzilmasining afzalliklarini namoyish etish orqali tokenizatsiya va blokcheyndagi moliyaning ommalashuviga turtki berish.

Avalanche Vista likvidlikning to‘liq spektridagi aktivlarni, jumladan aksiyalar, kredit, ko‘chmas mulk, tovarlar va blokcheynga xos aktivlarni ko‘rib chiqadi.

#AvalancheSpace