Kripto sanoati ustidan nazorat shu paytgacha noaniq soha bo‘lib kelgan, SEC va Tovar fyucherslari savdosi komissiyasi esa nazoratni qo‘lga kiritish uchun raqobatlashib kelmoqda.
CFTC joriy yilning mart oyida eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance’ni sudga berdi. Bu SEC kompaniyaga qarshi o‘zining huquqiy choralarini boshlashidan uch oy oldin edi.
Gensler avvalroq bitkoindan tashqari aksariyat kriptovalyutalarni qimmatli qog‘ozlar deb hisoblashini aytgan. Biroq Coinbase’ga berilgan tavsiya SEC sanoatni tartibga solishga urinishlarida ushbu talqinni qabul qilganidan darak beradi.