Savdodan chiqarish haqida e’lon ↘️

Kriptovalyuta birjasi Binance savdodan chiqarish haqida e’lon qildi. Binance spot savdolaridagi 4 ta savdo juftligini savdodan chiqarishini ma’lum qildi.

Binance bu masala yuzasidan bergan bayonotida Injective (INJ), Memecoin (MEME), Synthetix (SNX) va Synapse (SYN) kriptovalyutalarining 4 ta savdo juftligini savdodan chiqarishini ma’lum qildi.

Savdodan chiqarish 24-may kuni amalga oshiriladi!

“Foydalanuvchilarni himoya qilish va yuqori sifatli savdo bozorini saqlab qolish maqsadida Binance ro‘yxatga kiritilgan barcha spot savdo juftliklarini muntazam ravishda ko‘rib chiqadi. Likvidlik va savdo hajmining pastligi kabi ko‘plab omillar sababli ayrim spot savdo juftliklari ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin. So‘nggi tekshiruvlarimiz natijasida Binance INJ/TUSD, MEME/TUSD, SNX/ETH va SYN/BTC spot savdo juftliklaridagi savdoni to‘xtatadi va ularni ro‘yxatdan chiqaradi.

Binance
Avval nima bo‘lgandi?

Binance birjasi savdodan chiqarish haqidagi e’lonlarni jadal sur’atda davom ettirmoqda. Ma’lumki, Binance birjasi so‘nggi haftalarda ko‘plab savdodan chiqarish haqidagi e’lonlarni berdi. Keling, Binance o‘tgan haftalarda amalga oshirgan savdodan chiqarish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz!

Binance 10-maydagi savdodan chiqarish haqidagi e’lonida AAVE/BNB, DEGO/BTC, LTC/TUSD va SAND/ETH savdo juftliklarini ro‘yxatdan chiqardi.

Binance 13-maydagi savdodan chiqarish haqidagi e’lonida STPTUSDT, SNTUSDT va MBLUSDT tokenlarini muddatsiz fyucherslar savdosidan chiqardi.

Binance 17-maydagi savdodan chiqarish haqidagi e’lonida CFX/TUSD, CHESS/BTC va ORDI/TUSD savdo juftliklarini ro‘yxatdan chiqardi.

#pizzaday #ETHETFS #PEPE‏ #btc70k #altcoins