1) 🇺🇸 Prezidentlikka nomzod Robert F. Kennedy Jr. 2024-yilda saylansa, AQSh dollarini #Bitcoin bilan ta’minlash rejasini e’lon qildi.
2) 🇺🇸 AQSh senatorlari Kongress a’zolariga aksiyalarga egalik qilish va ular bilan savdo qilishni taqiqlovchi ikki partiyali qonun loyihasini rasman taqdim etdi.
3) 🇺🇸 AQSh Kongressi a’zosi Ritchie Torres #SEC raisi Gary Genslerdan kriptovalyutalarga qarshi hujumini to‘xtatishni so‘radi va kriptovalyutalar qimmatli qog‘oz emasligini aytdi.
4) 🇺🇸 SEC raisi Gary Gensler sud XRP qimmatli qog‘oz emas, deb qaror chiqarganidan «hafsalasi pir bo‘lganini» aytdi.
5) Tesla 2023-yilning 2-choragida o‘zidagi $333,000,000 Bitcoinning hech biri sotilmaganini ma’lum qildi.
6) 🇺🇸 Federal zaxira tizimi #fednow tezkor to‘lov tizimini rasman ishga tushirdi.
7) 🇺🇸 SEC BlackRock, Fidelity va yana 6 ta Spot Bitcoin ETF arizachisini Federal reyestrga kiritdi.
8) Da’voga ko‘ra, Sem Benkman-Frid o‘z advokatlariga o‘g‘irlangan mijoz mablag‘laridan millionlab dollar to‘lamoqda.
9) 🇺🇸 AQSh Vakillar palatasidagi respublikachilar kripto uchun tartibga solish tizimini yaratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
10) 🇺🇸 SEC sudyaning #XRP qimmatli qog‘oz emasligi haqidagi qarori noto‘g‘ri ekanini aytdi.