Airdrop’larning ilk davrlarida ularga qo‘shilish juda oson edi, topshiriqlar ham odatda juda sodda bo‘lardi. Ammo hozirgi kunda airdrop’larning aksariyati retroaktiv tarzda o‘tkaziladi va ular ancha ko‘proq qiymatga ega.

O‘tgan yili ko‘z o‘ngimda ko‘plab odamlar Aptos airdrop’idan 1 ming dollardan ko‘proq pul olishdi, shundan beri bundan ham yirik airdrop’lar o‘tkazilmoqda.

Kerakli qurilmalar: Quyidagilardan kamida bittasi bo‘lsa kifoya.

  •   Kompyuter

  •   Smartfon

Vositalar:

  • MetaMask hamyoni (kriptoaktivlarni saqlash uchun)

  • Twitter

  • Discord

  • Telegram

  • Kiwi brauzeri (kengaytmalarni qo‘shish imkonini beradi)

Ehtimoliy airdrop topshiriqlari:

  • Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik: mablag‘ talab qilinmaydi

  • Steyking: kriptoaktivlaringizni blokcheyn tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va tranzaksiyalarni tasdiqlash uchun ajratishni anglatadi, shuning uchun mablag‘ talab qilinadi. Bu aktivlaringizni yechib olishga qaror qilguningizcha (steýkingdan chiqmaguningizcha) o‘sha platforma ushlab turishini anglatadi.

  • Oncheyn tranzaksiyalari: blokcheynda kriptovalyutalarni yuborish, qabul qilish va almashtirish kabi amallarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Buning uchun oz miqdorda mablag‘ kerak bo‘ladi.

  • Testnetlar: Ko‘pincha testnetlar uchun mablag‘ talab qilinmaydi. Ular blokcheyn saytlarida turli vazifalarni bajarishni o‘z ichiga oladi.

Xavfsizlik:

Kripto sohasi juda xatarli, ehtiyot bo‘lmasangiz, bor-yo‘g‘ingizdan ham ayrilib qolishingiz mumkin.

  • Faqat airdroplar uchun, butunlay alohida hamyon va ijtimoiy tarmoq akkaunti (zarur bo‘lsa) yarating

  • Hamyoningizning seed phrase’ini yuborishni talab qiladigan har qanday airdrop — katta firibgarlik. Qoching!

  • Xulosa qilib aytganda, airdrop sohasiga kirishni rejalashtirsangiz, quyidagi maslahatlarga amal qilishingizni tavsiya qilaman.

  • Kripto sohasi juda chalkash, vaqtingizni behuda sarflamaslik uchun imkon qadar faqat airdrop izlashga e’tiboringizni qarating

  • Airdroplarning aksariyati retroaktiv bo‘ladi, shuning uchun ishtirok etayotgan airdroplaringiz ro‘yxatini tuzing va vaqti-vaqti bilan ularni tekshirib turing.

  • Hech bir vazifani tugallanmagan holda qoldirmang

  • Hammasiga birdaniga kirishishga urinmang: bitta airdropdagi barcha vazifalarni bajarish bir nechta airdropga qo‘shilib, vazifalarni chala bajarishdan yaxshiroq.