Raqamli davrda maxfiylik doimo muhim masala bo‘lib kelgan. Web3 rivojlanishi bilan markazlashmagan tizimlarda maxfiylikni kafolatlash yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Foydalanuvchilar ma’lumotlarining maxfiyligini saqlash muammosi ko‘plab afzalliklarni taqdim etadigan blokcheyn texnologiyasining shaffofligiga ham xos. Web3 davrida bu muammolarni hal qilish va foydalanuvchilar maxfiyligini himoya qilish uchun innovatsion yechimlar zarur. Shu bois Web3 maxfiyligida inqilob yasashga qaratilgan yangi va qudratli hamkorimiz Manta Network’ni tanishtirishdan mamnunmiz.

Manta Network nima?

Manta Network Web3 maxfiyligi yechimlari sohasida innovatsion va tub o‘zgarishlar keltiruvchi loyiha sifatida ajralib turadi. Bu Manta Atlantic deb ataluvchi ZK texnologiyasidan foydalanadigan 1-qavatli blokcheyndir. Manta Network’ning favqulodda tezligi va markazlashmagan tuzilishi uni dasturlashtiriladigan maxfiylik sohasida kuchli vositaga aylantiradi.

Manta Atlantic maxfiy ma’lumotlarni sir saqlagan holda o‘tkazmalar bajarilishini kafolatlash uchun nol bilimli isbotlardan (ZKP) foydalanadi. Maxfiylikka putur yetkazishi mumkin bo‘lgan tranzaksiya tafsilotlarini bevosita blokcheynda e’lon qilish o‘rniga, Manta Atlantic ZKP’lardan guvoh sifatida foydalanadi. Bu usul shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmasdan Protokolning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Manta Network ZK tizimi va infratuzilmasini ikki yil davomida ishlab chiqdi. Natijada maxfiylik va o‘zaro ishlash imkoniyatini birlashtirgan, ilg‘or yechim yaratildi.

Mahsulotlar va texnologiyalar to‘plami

Manta Network foydalanuvchilarga Web3’dagi o‘zaro aloqalarida maxfiylikni ta’minlaydigan keng qamrovli mahsulot va texnologiyalar to‘plamini taklif etadi. Uning muhim yangiliklaridan biri — almashtirib bo‘lmaydigan tokenlar maxfiyligini tubdan o‘zgartiruvchi zkNFT’lar. ZkNFT’lar yordamida foydalanuvchilar ushbu noyob raqamli aktivlarga egalik va ular bilan bog‘liq tranzaksiya tafsilotlarini sir saqlashi mumkin. Bu esa NFT faoliyati kuzatuvdan himoyalanganiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Manta Network ZK’ni kuchli qo‘llab-quvvatlaydigan, foydalanish uchun qulay to‘lov yechimi — MantaPay’ni taqdim etadi. MantaPay foydalanuvchilarga elektron tijorat, markazlashmagan moliya (DeFi) va boshqa sohalar kabi turli holatlarda maxfiy tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. MantaPay tranzaksiyalarni sodda va xavfsiz qiladi, shu bilan birga, nol bilimli isbotlardan foydalanish orqali maxfiylik va sir saqlanishini ta’minlaydi.

Hamkorlikning afzalliklari

Manta Network bilan hamkorligimiz har ikki tomon uchun ko‘plab afzalliklarni ochib beradi. Platformamizga Manta Network’ning maxfiylikka ixtisoslashgan infratuzilmasini integratsiya qilish orqali foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilish va yanada ilg‘or maxfiylik funksiyalarini taqdim etishga sodiqligimizni mustahkamlaymiz. Ushbu hamkorlik orqali foydalanuvchilarimizga ilg‘or maxfiylik imkoniyatlarini taklif eta olamiz va xavfsiz Web3 xizmatlarimiz doirasini kengaytiramiz. Shu bilan birga, Manta Network yanada kengroq tanilib, ommalashadi va uning innovatsion yechimlari ko‘proq auditoriyaga yetib boradi.

Web3 maxfiyligining kelajagi

Manta Network texnologiyasi Web3 maxfiyligi odatiy me’yorga aylangan kelajakni yuzaga keltiradi. ZK texnologiyasi yordamida foydalanuvchilar markazlashmagan ilovalardan ishonch bilan foydalanishi, tranzaksiyalarni amalga oshirishi va maxfiyligini himoya qiluvchi aqlli shartnomalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin. Manta Network’ning ushbu sohadagi rivojlanishi alohida foydalanuvchilardan tashqarida ham katta ahamiyatga ega. Web3’da maxfiylik va dasturlashtirish imkoniyatiga erishish moliya, ta’minot zanjiri, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda hayajonli imkoniyatlarga yo‘l ochadi.

Kelajakka nazar tashlar ekanmiz, Manta Network va bizning hamkorligimizning umumiy maqsadi yanada xavfsiz va maxfiy Web3 ekotizimini yaratishdir. Biz foydalanuvchilarga shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qilish imkonini berish va maxfiylik funksiyalarini yaxshilash, yangi foydalanish holatlarini ishlab chiqish hamda ommalashuvni rag‘batlantirish yo‘lida hamkorlik qilar ekanmiz, Web3 muhitida ishonchni mustahkamlashga intilamiz.

Xulosa

Manta Network bilan hamkorlik Web3 maxfiyligi yechimlari yo‘lida muhim qadamdir. Manta Network’ning ilg‘or ZK texnologiyasidan foydalanib, foydalanuvchilar uchun maxfiylik va xavfsizlikning yangi davrini boshlab bera olamiz. Foydalanuvchilar zkNFT’lar va MantaPay’ni o‘z ichiga olgan Manta Network mahsulotlari hamda texnologiyalaridan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilgan holda Web3 faoliyatida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar. Manta Network bilan hamkorligimiz yanada maxfiy va xavfsiz Web3 haqidagi umumiy maqsadimizga erishishda bizni yana bir qadam yaqinlashtiradi.

Manta Network texnologiyasi kelajakdagi Web3 maxfiyligi borasida ochib beradigan imkoniyatlardan hayajondamiz. Maxfiylik odatiy holga aylangan, insonlarga imkoniyat beradigan va Web3’ning to‘liq salohiyatini yuzaga chiqaradigan ekotizimni barpo eta olamiz.

#MantaNetwork #CryptoScope

Morfolabs taqdim etgan CryptoScope