Blockchain.com’ning zanjir ichidagi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 yildan so‘ng mablag‘larini birinchi bo‘lib sarflagan hamyon “16vR…jzEa” manziliga ega edi. Undan “bc1pt…k72n” manziliga 500 BTC o‘tkazilgani kuzatildi. Buning uchun 2,8 ming satoshi (Sats), ya’ni 1,74 dollar miqdorida komissiya to‘landi. Natijada hamyonda qiymati 37 dollar bo‘lgan atigi 0.00061361 BTC qoldi.

“1DUJ…gfC5” manziliga ega boshqa hamyondan ham “bc1p…anwp” manziliga xuddi shuncha mablag‘ o‘tkazildi. Komissiya 2,8 ming Sats yoki 1,72 dollarni tashkil etdi. Tranzaksiyadan so‘ng qiymati 37 dollar bo‘lgan atigi 0.00061361 BTC qoldi.

Bitcoin whale transfer

Yakshanba kungi Bitcoin kitlarining o‘tkazmalari (Manba: Blockchain.com)

Bir qancha holatlar kuzatuvchilarni bu ikki hamyon bitta egaga yoki tashkilotga tegishli bo‘lishi mumkin, degan fikrga olib keldi. Birinchidan, chiqim o‘tkazmalarining miqdori va vaqti o‘zaro muvofiq ko‘ringan. Tranzaksiyalar bir soatdan kam vaqt ichida, 843,131 va 843,133-bloklar balandligida amalga oshirilgan. Ikkinchidan, ularning kelib chiqishini 2013-yil 12-sentabrda 1DUJ…gfC5 manziliga, 13-sentabrda esa 16vR…jzEa manziliga borib taqalishini aniqlash mumkin. O‘sha paytda Bitcoin narxi 134 dollar edi.

Bu harakatlar sotuv bo‘lganmi yoki shunchaki ayni egasi yoxud tashkilotga tegishli boshqa ikkita hamyonga o‘tkazilganmi — noma’lum. Biroq mablag‘lar yuborilgan manzillarni sinchiklab tekshirish shuni ko‘rsatadiki, tegishli manzillarda hanuz o‘sha miqdordagi Bitcoin saqlanmoqda, yo‘l-yo‘lakay undirilgan komissiyalar bundan mustasno.

Bitcoin hozir

Dushanba kuni UTC vaqti bilan soat 6:30 dagi holatga ko‘ra, Bitcoin’ning bir birligi taxminan 62 000 dollardan savdo qilinmoqda. Bu 24 soatlik grafikda qariyb 0,3 foiz o‘sishni ko‘rsatadi. Shu bilan birga, shu davrdagi tranzaksiyalar hajmi taxminan 34 foizga oshdi: bozor 60 632,60 dollarlik eng past va 61 818,15 dollarlik eng yuqori ko‘rsatkichlar oralig‘ida o‘zgarib turganida, manzillar o‘rtasida 17,37 dollarlik BTC o‘tkazildi.

Xuddi shu davrda muomaladagi 19.698 million Bitcoin’ning bozor kapitalizatsiyasi 1,21 trillion dollargacha tushdi. Natijada Meta Platforms (avvalgi Facebook) bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha eng yirik aktivlar reytingida raqamli aktivdan atigi 2 milliard dollarga o‘zib ketdi. Bugungi kunda Bitcoin ro‘yxatda 10-o‘rinda turibdi va Warren Buffett’ning Berkshire Hathaway kompaniyasidan 314 milliard dollardan ortiq ustunlikka ega.

Top Assets by Market Cap

Bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha eng yirik aktivlar (Manba: CompaniesMarketCap.com)