Ayiq bozorida qo‘rquv kuchli bo‘ladi. Har kuni yangi bashoratlarda kripto bozorini nolga tushiradigan qiyomat ssenariylari aytilmoqda.

Ayiq bozorida ham vaziyat siz o‘ylaganchalik yomon emas.

Keling, ayrim raqamlarni ko‘rib chiqamiz...

  • Web3 dasturchilari dapp’larni ishlab chiqishda foydalanadigan "ethers" paketi oyiga 4 MILLION marta yuklab olinadi. (2021-yil yanvarida oyiga 1M edi)

  • Raqobatchi web3 paketi oyiga 2.4M marta yuklab olinadi. Ya’ni, dasturchilar hali ham ishlab chiqish bilan band.

  • Faqat @ethereum tarmog‘ining o‘zida 51.3 MILLION dan ortiq aqlli shartnoma yaratilgan. + Boshqa blokcheynlarda o‘nlab millionlab. + Ishlab chiqilayotganlari ham o‘nlab millionlab.

  • Ethereum tarmog‘ida har hafta taxminan 7,5 mln tranzaksiya amalga oshiriladi. 2020-yildan beri @ethereum’da 1 MILLIARDDAN ortiq tranzaksiya amalga oshirilgan.

  • Venchur investorlar 2021-yilning o‘zida web3 startaplariga 33 MILLIARD dollar sarmoya kiritishdi. 2022-yilda esa bundan ham ko‘proq sarmoya kiritishlari mumkin. Bunday sarmoyalarning samara berishi uchun ko‘p vaqt kerak — bu kompaniyalar va tarmoqlar hali ham qurilmoqda.

    Kelgusi bir necha yil maroqli o‘tishi kerak.

  • Uniswap ish boshlaganidan beri 1 TRILLIARD dollardan ortiq qiymatdagi token ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirdi. Hozirning o‘zida ham @uniswap’da oyiga qariyb 250 ming faol foydalanuvchi tokenlarni ayirboshlayapti.

  • @LooksRare va @opensea 2022-yilda HAR BIRI 20 MILLIARD dollardan ortiq NFT savdo hajmiga erishdi. Hatto o‘tgan oyda ham (ayiq bozori avjida):

    • OpenSea’da 500 mln dollardan ortiq savdo bo‘ldi

    • LooksRare’da 220 mln dollardan ortiq savdo bo‘ldi

  • Kriptovalyutalarning umumiy bozor qiymati taxminan 1 trillion dollar.

    • Bu 5 yil avvalgidan 10 baravar ko‘p.

  • DeFi’da bloklangan umumiy qiymat (TVL) taxminan 60 mlrd dollarni tashkil etadi.

    • Bu 2 yil avvalgidan 10 baravar ko‘p.

    • 3 yil avvalgidan esa 100 baravar ko‘p.

Gartnerning «Hype Cycle» grafigiga ko‘ra, hozircha hafsalamiz pir bo‘lish bosqichidamiz.

Sizni ma’rifat sari ko‘tarilish bosqichini ko‘rishga undayman.

Men asossiz optimist emasman. Avval ham kriptovalyutani nima yo‘q qilishi mumkinligini o‘rganganman.

Hatto Bitcoin ortidagi qarashlarni shubha ostiga olishga ham jur’at etganman.

Ammo hozir sizni vaziyatga kengroq nazar tashlashga undayman — ishlar siz o‘ylagandan yaxshiroq.

Dasturchilar hamon loyihalar ustida ishlayapti, tarmoqlardan hamon foydalanilmoqda.

Siz asrning eng muhim moliyaviy inqilobining bir qismisiz — bu yo‘ldan zavqlaning. 🙂

Shu kabi kontent sizga yoqsa, Twitter’da @shivsakhuja sahifamni kuzating va leapfrogcrypto.com saytida blogimga obuna bo‘ling!

Kripto sohasida ish qidirayotgan bo‘lsangiz, shivsak.pallet.com saytidagi iste’dodlar hamjamiyatimga qo‘shiling.