Kripto 0 ga tushadimi? Keling, kriptoni nima yo‘q qilishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
So‘nggi bir necha oy kriptoga sarmoya kiritganlarning barchasi uchun JUDA OG‘IR kechdi.
Buqa bozorida BTC 1 million dollarga yetishini bashorat qiladigan «oyparastlar»ning son-sanog‘i yo‘q.
Ayiq bozorida esa BTC 0 dollarga tushishini aytadigan qiyomatchilar ham kam emas.
So‘nggi voqealarni hisobga olib, u mening asosiy kriptoinvestitsiya tezisimni o‘z kuchini yo‘qotgan-qilmaganini bilish uchun uni qayta ko‘rib chiqishga undadi.
Ushbu maqolada men asosiy tezisimni va u nima sababdan noto‘g‘ri bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqaman.
Kriptoni nima yo‘q qilishi va narxlarni deyarli 0 ga tushirishi mumkin?
AQSh hukumati kriptodan foydalanishni taqiqlaydi
ETH tarmog‘idagi yirik nosozlik
USDT / USDC qulashi
Qiyomatga olib bormaydigan salbiy ssenariylar
Tangalar qiymat jamlay olmaydi
Og‘ir iqtisodiy tanazzul
Mening asosiy tezisim: kelgusi o‘n yillikda kripto/Web3 butun dunyodagi insonlarning moliyaviy xizmatlardan yaxshiroq foydalanishiga yordam beradigan foydali moliyaviy mahsulotlarni yaratishda qo‘llanadi, deb hisoblayman.
Investor sifatida buni quyidagicha soddalashtirish mumkin:
→ Kripto yordamida qimmatli mahsulotlar yaratiladi
→ kriptoning ommalashuvi ↑
→ tangalar narxi ↑
Quyidagi hollarda tezisim noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin:
Kripto yordamida foydali moliyaviy mahsulotlar yaratilmaydi.
Ommalashuvga hukumat taqiqlari, makroiqtisodiy tanazzul, ishonchning yo‘qolishi va boshqa omillar tahdid soladi.
Muvaffaqiyatli loyihalarga sarmoya kiritib bo‘lmaydi (ular hali mavjud emas, tokenlari yo‘q yoki tokenlari qiymat jamlay olmaydi va hokazo).
+++
Xo‘sh, kriptoni nima yo‘q qilishi mumkin?
Keling, kriptoning yakuniga nima sabab bo‘lishi va narxlarni butunlay nolga tushirishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
AQSh hukumati kriptodan foydalanishni taqiqlaydi (yoki bo‘g‘uvchi qoidalar joriy qiladi)
Bu kriptoni yo‘q qilishi mumkin.
Ammo kripto senzura ta’siriga chidamli, uni hech kim «taqiqlay olmaydi»... shundaymi?
Texnik jihatdan ha, ammo fiat ←→ kripto kirish/chiqish yo‘llari taqiqlansa, kripto omon qololmaydi.

Kripto noqonuniy bo‘lsa va uni fiatga almashtirib bo‘lmasa, odamlarning 99 foizi unga egalik qilishni istamaydi.
AQSh qonunchilari avvalroq kriptoni taqiqlash niyatida emasliklarini, faqat tartibga solmoqchiliklarini aytishgan.
Tartibga solish yaxshi — u ishonch va xavfsizlikni ta’minlaydi, bu esa chakana investorlar va institutsional ishtirokchilarning ommalashtirishiga yo‘l ochadi.
Demak, AQSh kriptoni butunlay taqiqlashi ehtimoldan yiroq, ammo bu xavf doimo mavjud.
Garchi to‘liq taqiqni ko‘rmasligimiz mumkin bo‘lsa-da, kriptodan foydalanishni nihoyatda qiyin yoki amalda imkonsiz qiladigan o‘ta bo‘g‘uvchi qoidalar joriy etilishi mumkin.
ETH tarmog‘idagi yirik nosozlik
Masalan: ETH tarmog‘ining muhim yangilanishi muvaffaqiyatsiz bo‘lib, tarmoq halokatli tarzda ishdan chiqadi.
Asosiy tarmoqda bunday ko‘lamdagi halokatli va tuzatib bo‘lmaydigan nosozlik yuz berishi juda ehtimoldan yiroq. Ammo bu ETH va, ehtimol, butun bozorni qulatib, ishonchni uzoq vaqtga yemirishi mumkin, deb o‘ylayman.
USDT / USDC qulashi
Tether qulashi UST/LUNA qulashini quyosh charaqlab, kamalak chiqqandek ko‘rsatadi.
USDT anchadan beri mavjud, va tokenlarini ta’minlash uchun ularda yetarli naqd pul bor degan ishonchga juda katta mablag‘ tikilgan.
Stabilkoinlar investorlar, treyderlar, daromad yetishtiruvchilar, protokollar, venchur kapitalistlar, institutsional investorlar va umuman sohadagi barcha uchun kriptoning muhim qismidir.
Ko‘plab kripto loyihalarining xazinasida ham stabilkoinlar bor.
Tether (USDT) va USDC’ning umumiy bozor kapitallashuvi 100 mlrd dollardan oshadi.
Ulardan biri qulab tushsa, ulkan miqdordagi qiymat qisqa vaqt ichida yo‘qolib, domino effekti yuzaga kelishi mumkin.

Bu sodir bo‘lsa, dunyo kriptoga bo‘lgan ishonchini ham yo‘qotadi va bunday vaziyatdan tiklanish juda qiyin bo‘ladi.
Tether veb-saytida aktivlar 100 foiz zaxiralar bilan ta’minlangani aytiladi.
Hozirgacha Tether USDT’ni fiatga almashtirib olishga uringanlarning barchasiga pulini qaytara oldi, ammo Tether haqidagi qo‘rquv va shubhalar hamon tinmayapti.
Qiyomatga olib bormaydigan salbiy ssenariylarni ko‘rib chiqamiz 👇
Kriptoga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, ammo uni nolga tushirib yubormaydigan ayrim holatlar bor.
Masalan: tangalar qiymat jamlay olmasa-chi?
Kripto xaridlarining aksariyati spekulyatsiya bilan bog‘liq.
Tokenomika (yoqish, bloklash va hokazo) xarid yoki sotuv bosimini biroz oshirishi mumkin, ammo narxni baribir foydalanuvchilar emas, investorlar belgilaydi.
Masalan, o‘tgan yili ETH tarmog‘ida 5 trillion dollardan ortiq qiymatdagi tranzaksiyalar amalga oshirildi.
Aytaylik, 5 yildan so‘ng tarmoqda 50 trillion dollardan ortiq qiymatdagi tranzaksiyalar amalga oshiriladi.
Tarmoqda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar qiymati oshganiga qaramay, $ETH narxi unchalik ko‘tarilmasligi mumkinmi?
Tarmoqlar ommalashadi-yu, tokenlar unchalik qiymat orttirmasa-chi?
Yoki ommalashgan tarmoqlarga sarmoya kiritib bo‘lmasa-chi?
Masalan: @jack’ning «Web5» nomli yangi loyihasida tokenlar yo‘q.
Og‘ir iqtisodiy tanazzul
Kripto narxining o‘sishiga turtki beruvchi omillardan biri — narxning o‘zi.
Narx → qiziqish / ommalashuv → dasturchilar → ommalashuv / narx.
Kripto hali hech qachon iqtisodiy tanazzulni boshdan kechirmagan va bu tangalar narxiga qanday ta’sir qilishi haqida ko‘plab pessimistik qarashlar bor.
Tangalar narxining pasayishi dasturchilar soni va qiziqishning kamayishiga, shuningdek, ommalashuvning susayishiga olib keladi.
Ayiq bozori qancha uzoq davom etsa, kriptoga sarmoya kiritishning tavakkal va foyda nisbati shuncha jozibasiz bo‘lib boradi.
Hozirda bozorlar bir necha sababga ko‘ra qulamoqda:
Inflyatsiya
Foiz stavkalarining oshishi va miqdoriy qisqartirish (QT)
Urush sababli noaniqlik
Yaqinlashib kelayotgan iqtisodiy tanazzul
LUNA / UST qulashi va o‘ylamay ishlatilgan kredit yelkasi sababli ketma-ket likvidatsiyalar (kripto bozoriga xos)
Gipotezamni noto‘g‘ri qiladigan hech qanday tub o‘zgarish yuz bermadi. Shu bois, uzoq muddatda kriptoga nisbatan ijobiy qarashim o‘zgarmadi.
Ammo haqiqat shuki, nima SODIR BO‘LISHINI hech kim bilmaydi.
Bu bozorga qarash uchun ishlatiladigan modellardan yoki nuqtayi nazarlardan biri, xolos.
«Barcha modellar xato, ayrimlari esa foydali».
Kripto haqidagi ko‘proq tahlillar, fikriy tajribalar va vizual tushuntirishlar uchun Twitter’da @shivsakhuja’ni kuzating.
Shu kabi boshqa maqolalar uchun shivsak.substack.com saytidagi blogimga ham kiring!