Notcoin Telegram o‘yini sifatida boshlanib, tap-to-earn mexanizmi orqali ko‘plab foydalanuvchilarni web3 olamiga olib kirdi.
$NOT — hamjamiyat tokeni. NOT tokenidan foydalanish usullari:
Kashf qilish: foydalanuvchilar web3 mahsulotlarini kashf etib, pul ishlaydi
O‘ynash: foydalanuvchilar yangi o‘yinlarda qatnashib, ko‘proq mukofot oladi
Hissa qo‘shish: foydalanuvchilar ekotizimga qo‘shimcha qiymat olib kirib, pul ishlaydi
Takliflar: web3 yaratuvchilari Notcoin kampaniyalari orqali o‘z mahsulotlarini hamjamiyatga taklif qilishi mumkin
Notcoin’ni claim qilish va Binance birjasiga kiritish bo‘yicha qo‘llanma:
1/ Notcoin botiga kiring va Claim tugmasini bosing

2/ Birjaga pul yechib olish uchun strelka belgisini bosing

3/ Birjalarni tanlang

4/ Binance birjasini tanlang

Yes, I have it tugmasini bosing

5/ NOT’ni birjaga kiritish uchun hamyon manzili va Memo’ni aniq kiriting, so‘ng Davom etish tugmasini bosing.

6/ Ma’lumotlarni qayta tekshiring. Binance hisobingiz shaxsingizni tasdiqlagan (KYC) bo‘lishi kerak. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, Look good tugmasini bosing
7/ I Confirm tugmasini bosing


Shu bilan hammasi tugadi. NOT tokenini birjaga kiritish uchun 1,5% komissiya to‘laysiz.
