2020-yilda Burger King burgerning chirib borishini ko‘rsatgan yangi reklamasini namoyish etdi.

Ular Whopper burgerida mog‘or paydo bo‘lishini vaqt tezlashtirilgan tasvirda ko‘rsatishdi. Buning maqsadi mahsulotlaridagi burgerlarga sun’iy konservantlar qo‘shilmasligini isbotlash edi.

Bunday reklamani yaratish zarur deb hisoblashlariga sabab, o‘sha paytda boshqa kompaniyalarning burgerlari oylar davomida ochiq holda qoldirilganiga qaramay, ularda mog‘or juda oz paydo bo‘layotgani yoki umuman paydo bo‘lmayotgani aks etgan videolar ommalashgan edi. Bu esa odamlarni iste’mol qilayotgan mahsulotlaridagi sun’iy konservantlar miqdori haqida o‘ylashga undadi.

Xabar yaxshi qabul qilinib, odamlar maqsadni tushungan bo‘lsa-da, reklamda jirkanch burgerni ko‘rsatib, baribir odamlar uni sotib olishini kutish o‘rtasida biroz nomuvofiqlik bor edi.

Bu reklama o‘ziga xos edi, taomni targ‘ib qilishning barcha qoidalarini buzardi; odatda chiroyli suratga olinadigan taomlarni stilistlar tayyorlab qo‘yishadi.

Ko‘pchilik esa baribir faqat chiriyotgan burgerni ko‘rdi, kengroq mazmunga unchalik ahamiyat bermadi va shu bois xotirasida faqat shu qoldi.

E’tiborini tortdi, ammo asosan salbiy munosabat uyg‘otdi.

#GOATMoments #business