Telegram Wallet boti yordamida endi kriptovalyuta orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Wallet Pay xizmati tufayli yakka tartibdagi tadbirkorlar Telegram interfeysi orqali mijozlaridan to‘lov qabul qilishlari mumkin. To‘lovlarni Bitcoin, USDT va TON kabi kriptovalyutalarda amalga oshirish mumkin. TON Foundation bayonotiga ko‘ra, to‘lov jarayoni oson va qulay bo‘lib, tadbirkorlar Telegram’ning katta foydalanuvchilar auditoriyasiga chiqish imkoniga ega. Wallet Pay foydalanuvchilaridan kriptovalyuta o‘tkazmalari uchun botlariga oldindan pul kiritish talab etilmaydi. Ular kriptovalyuta sotib olib, bank kartalari yordamida bot orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Tadbirkorlar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi to‘lovlarni osonlashtiradigan Wallet Pay’dan tashqari, Telegram’dagi @wallet bot orqali foydalanuvchilar o‘rtasida ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

#GOATMoments #Binanceturns6 #Bykaranteli #googleai #keepposting