Likvidlik puli (LP) — mablag‘larni saqlaydigan aqlli shartnoma. Markazlashmagan birja (DEX) kontekstida u markazlashmagan savdo, kredit berish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun aqlli shartnomada bloklangan tokenlar pulidir. Likvidlik pulida likvidlik ta’minotchilari pulga mablag‘ qo‘shadi va buning evaziga LP tokenlarini oladi.
Ushbu LP tokenlari orqali foydalanuvchilar puldagi o‘z ulushini talab qilib olishi yoki boshqaruv qarorlarida ishtirok etishi mumkin. Likvidlik pulining asosiy afzalligi shundaki, bozor narxlarini belgilashda an’anaviy buyurtmalar kitobiga tayanmaydi.
Buning o‘rniga, u ko‘pincha puldagi turli aktivlar o‘rtasidagi nisbatga asoslangan narxlash algoritmidan foydalanadi. Bu modelning o‘ziga xos afzalliklari va xatarlari bor. Asosiy afzalliklaridan biri savdo komissiyalaridan yuqori daromad olish imkoniyati bo‘lsa, asosiy xatarlaridan biri — puldagi tokenlar narxi sezilarli darajada o‘zgarganda yuz berishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik yo‘qotishdir.