Muomaladagi taklif atamasi omma uchun ochiq bo‘lgan va bozorda muomalada yurgan kriptovalyuta tangalari yoki tokenlari sonini anglatadi.

Kriptovalyutaning muomaladagi taklifi vaqt o‘tishi bilan oshishi yoki kamayishi mumkin. Masalan, Bitcoin’ning muomaladagi taklifi maksimal 21 million tangaga yetguncha asta-sekin oshib boradi. Bunday bosqichma-bosqich o‘sish o‘rtacha har 10 daqiqada yangi tangalar yaratiladigan mayning jarayoni bilan bog‘liq. Aksincha, Binance amalga oshirganidek, tangalarni yoqish hodisalari muomaladagi taklifning kamayishiga olib keladi va tangalarni bozordan butunlay chiqarib tashlaydi.

Muomaladagi taklif deganda omma uchun ochiq bo‘lgan tangalar nazarda tutiladi va uni jami taklif yoki maksimal taklif bilan adashtirmaslik kerak. Jami taklif mavjud tangalar sonini, ya’ni chiqarilgan tangalar sonidan yoqib yuborilgan tangalar soni ayirilgandagi miqdorni bildiradi.

Jami taklif, asosan, muomaladagi taklif va eskrou hisobida bloklangan tangalar yig‘indisidan iborat. Maksimal taklif esa kelajakda qazib olinadigan yoki muomalaga chiqariladigan tangalarni ham qo‘shib hisoblaganda, mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan tangalarning eng ko‘p miqdorini bildiradi.

Bundan tashqari, kriptovalyutaning muomaladagi taklifidan uning bozor kapitallashuvini hisoblashda foydalanish mumkin. Bozor kapitallashuvi joriy bozor narxini muomaladagi tangalar soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Masalan, muomaladagi taklifi 1 000 000 ta bo‘lgan va har biri 5,00 dollardan sotilayotgan kriptovalyutaning bozor kapitallashuvi 5 000 000 dollarga teng bo‘ladi.

#FuhrerWerwolf #Binance #LearnAndEarn