
Dunyoning eng likvid, xavfsiz va shaffof stablecoini bo‘lgan Tether USDt’i Kava orqali Cosmos’da muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Bu Cosmos DeFi ekotizimini kengaytirish yo‘lidagi muhim bosqichdir.
Tether’ning USDt’ini Kava’ga integratsiya qilish Cosmos’ning Blokcheynlararo aloqa (IBC) va Ethereum virtual mashinasi (EVM) ekotizimlarida chuqur stablecoin likvidligidan oson foydalanish imkonini beradi. Kava’da mahalliy USDt chiqarilishi bilan Cosmos ekotizimidagi cheklangan o‘sish, parchalangan likvidlik va haddan tashqari o‘zgaruvchanlik foydalanuvchilar hamda dasturchilar uchun mahalliy chiqarilgan USDt qo‘shilishi orqali hal etiladi. Mahalliy USDt Cosmos dApp va appchain’lari hamda EVM dApp foydalanuvchilariga xavfsiz va keng miqyosda qabul qilingan standart stablecoinni taqdim etadi.
Kava hammuassisi Skott Styuart muvaffaqiyatli integratsiya yuzasidan hayajonini shunday ifoda etdi: “Tether’ning USDt integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashimiz Cosmos va EVM ekotizimlarida juda zarur bo‘lgan steyblkoin likvidligini ochib beradi. Tether’ning tanlovi Kavani blokcheynlar internetini barpo etayotgan Cosmos ekotizimi loyihalari uchun muhim tayanch va kuchli ittifoqchiga aylantiradi.”
O‘ralgan aktivlarning bo‘lingan jamg‘armalarini yuzaga keltiradigan tashqi uchinchi tomon ko‘prik yechimlaridan farqli ravishda, Kava 14 ishga tushirilgach, Kava’da bevosita chiqarilgan USDt qat’iy kirish nazorati va hujum ehtimollarini sezilarli darajada kamaytiradigan cheklovlarga ega “ichki ko‘prik” orqali IBC va EVM blokcheynlari o‘rtasida harakatlana oladi. Kava aktivlarni zanjirlar o‘rtasida tez va yuqori darajada xavfsiz o‘tkazish imkonini beradi hamda foydalanuvchilarga steyblkoin likvidligini ta’minlash va o‘tkazish uchun samarali mexanizmni taklif etadi.
Natijada, ushbu integratsiya Cosmos’dagi DeFi iqtisodiyotining sezilarli kengayishiga turtki berishi va 2022-yilning birinchi choragida Terra’ning UST’i qulaganidan beri dolzarb bo‘lib kelayotgan likvidlik muammosiga jozibador yechim taklif qilishi mumkin. Bozordagi obro‘si mustahkam va ulushi taxminan 65% bo‘lgan Tether steyblkoinini joriy etish foydalanuvchilar va ishlab chiquvchilarga yanada yuqori xavfsizlik va ishonchlilikni ham taqdim etadi.
Tether kompaniyasining texnik direktori Paolo Ardoino shunday dedi: “Kava tarmog‘i to‘rt yil davomida xavfsizlik bilan bog‘liq birorta muammoga duch kelmagan mustahkam tajribaga ega, o‘ziga xos va ko‘pchilik kuzatib boradigan blokcheyndir. Bu USDt foydalanuvchilarini himoya qilish uchun juda muhim. Birgalikda markazlashmagan moliyaning kelajagini qayta shakllantirishga, butun dunyodagi foydalanuvchilarga naf keltiradigan mustahkam va inklyuziv ekotizimni rivojlantirishga intilamiz.”
Kava haqida
Kava (kava.io) — Ethereum’ning ishlab chiquvchilar uchun qudratini Cosmos’ning tezligi va o‘zaro ishlash imkoniyati bilan yagona, kengayuvchan tarmoqda birlashtirgan xavfsiz va nihoyatda tez Layer-1 blokcheynidir. Innovatsiya va o‘sishni rag‘batlantirishga sodiq Kava butun dunyodagi ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilar uchun ishonchli tanlovdir.