MTFE yoki Metaverse Foreign Exchange Group — litsenziyaga ega bo‘lmagan offshor forex brokeri bo‘lib, shu sababli investorlar uchun xavf tug‘diradi. Broker Kanadada joylashganini va FINTRAC tomonidan tartibga solinishini da’vo qiladi, biroq FINTRAC Kanadadagi tartibga soluvchi organ emas

MTFE so‘nggi paytlarda ko‘plab mamlakatlarda sun’iy intellekt savdosiga asoslangan investitsiya biznesini yuritmoqda va sun’iy intellekt savdosi orqali investitsiyalardan yuqori daromad olishni taklif qilmoqda

Shuningdek, tavsiyalar uchun katta komissiya taklif qiladi, bu esa uning tez sur’atlarda o‘sishiga yordam berdi

Aksariyat odamlar investitsiya kiritishdan oldin tegishli tekshiruvlarni o‘tkazmaydi

Hozirga kelib, MTFE KYC tizimidagi muammolarni sabab qilib ko‘rsatib, barcha pul yechib olish amaliyotlarini to‘xtatdi va investorlar vahimada.

Investorlar soxta kompaniyalarga pul tikishdan oldin yaxshilab izlanish olib borishlari va barcha zarur tekshiruvlarni o‘tkazishlari kerak

Kompaniyaning qonuniy yoki firibgar ekanini aniqlash uchun puxta izlanish olib borish va quyidagi choralarni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi:

  1. Kompaniyani o‘rganing: Kompaniyaning tarixi, ro‘yxatdan o‘tganligi, litsenziyalari va mavjud rasmiy hujjatlari haqida ma’lumot izlang. Uning qonuniy moliyaviy nazorat organlari veb-saytlarida ro‘yxatga olinganini tekshiring.

  2. Xavotirli belgilarni tekshiring: Kuchli bosim o‘tkazib savdo qilish usullari, kafolatlangan foyda, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan daromad va’dalari, shaffoflikning yo‘qligi yoki boshqa investorlar va mijozlarning salbiy fikrlari hamda shikoyatlari kabi ogohlantiruvchi belgilarga e’tibor bering.

  3. Aloqa ma’lumotlarini tekshiring: Kompaniyaning haqiqiy aloqa ma’lumotlari, jumladan, jismoniy manzili va telefon raqami borligiga ishonch hosil qiling. Firibgarlar ko‘pincha soxta yoki kuzatib bo‘lmaydigan aloqa ma’lumotlaridan foydalanadi.

  4. Mutaxassis maslahatini oling: Kompaniyaning qonuniyligini baholashga yordam beradigan va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan moliyaviy maslahatchi yoki huquqshunos bilan maslahatlashing.

  5. Investitsiyalarda ehtiyotkor bo‘ling: Kam xavf bilan juda yuqori daromad va’da qiladigan investitsiya imkoniyatlariga shubha bilan qarang. «Juda yaxshi eshitilsa, rost bo‘lishi qiyin» degan eski naqlni yodda tuting.

Notanish kompaniyalar bilan, ayniqsa moliyaviy masalalarda ish olib borayotganda, doimo sinchkov va ehtiyotkor bo‘lish muhim