Shiba Inu asosidagi Shibarium blokcheyni avgust oyida ishga tushishi kutilmoqda

2-qavat tarmog‘i blokcheynda yaratilgan ilovalar uchun bone, treat, shib va leash tokenlaridan foydalanadi.
Ko‘p kutilgan 2-qavat blokcheyni Shibarium avgust oyida Torontoda bo‘lib o‘tadigan konferensiyadan so‘ng ishga tushishi kutilmoqda, dedi dasturchi Shytoshi Kusama payshanba kungi blogida.
2-qavat deganda 1-qavat protokollari ustida qurilgan, masshtablash va ma’lumotlar bilan bog‘liq to‘siqlarni kamaytiradigan zanjirdan tashqari tizimlar (alohida blokcheynlar) to‘plami tushuniladi. Ular zanjirdan tashqari bir nechta tranzaksiyani bitta 1-qavat tranzaksiyasiga birlashtiradi, bu esa ma’lumotlar yuklamasi va komissiyalarni kamaytirishga yordam beradi.
«Tugallangan Worldpaper taqdim etiladi, Shib brendi ostidagi barcha loyihalar e’lon qilinadi va Treat ilk bor batafsil yoritiladi», dedi Kusama.
#shibaInu #shibarium #shibainu #shiba #shibarmy $BTC $ETH $BNB