BlackRock bosh direktori Larry Finkning kompaniyaning bitcoin ETF’i uchun ariza topshirgani ortidan Fox News telekanalida bitcoin haqida yaqinda bildirgan optimistik fikrlari yuzasidan yetakchi bitcoin mukofotlari ilovasi Lolli bosh direktori va hammuassisi Alex Adelman fikridan iqtibos.

Larry Fink Bitcoin borasida optimistik

"BlackRock bosh direktori Larry Finkning bitcoin — mijozlarga yaxshiroq kelajak yaratishga yordam beradigan ‘xalqaro aktiv’ ekani haqidagi bayonoti bitcoin uchun yangi davr boshlanganidan darak beradi. Bu davrda bitcoin global moliya sohasidagi eng nufuzli va ishonchli nomlar tomonidan qabul qilinmoqda. Bitcoin har qanday muayyan valyuta yoki iqtisodiyotdan mutlaqo mustaqil, shu bois u qiymatni saqlash uchun o‘ziga xos jozibali vositadir. Bu, ayniqsa, hozir kuzatayotganimizdek, geosiyosiy mojarolar va inflyatsiyadan xavotir kuchaygan sharoitda muhimdir.

Hech bir hukumat bilan aloqasi yoki bog‘liqligi bo‘lmagan yetakchi kriptovalyuta sifatida bitcoin noaniq bozor sharoitida xavfsiz boshpana aktivi sifatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Har qachongidan ham ko‘proq BlackRock kabi moliyaviy yetakchilar bitcoinni bozor pasayishlaridan himoyalovchi vosita bo‘la oladigan, qiymatini uzoq muddat saqlaydigan barqaror aktiv va «raqamli oltin» shakli sifatida e’tirof etmoqda.

Global institutlar qiymatni saqlashning afzal vositasi sifatida bitcoinga ishonch bildirishda davom etar ekan, bitcoin misli ko‘rilmagan darajada ommalashishi va unga bo‘lgan talab ortishini ko‘ramiz. BlackRock va Fidelity kabi global yetakchilarning bitcoin ETF’larini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bergan arizalari ham boshqa moliyaviy institutlar o‘rtasida bitcoin asosidagi moliyaviy mahsulotlarni taklif etish va mijozlarning ortib borayotgan talabini qondirish bo‘yicha raqobatni jadallashtirishda davom etadi.