Asosiy xulosalar
Binance Academy sertifikatlangan Web3 ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun Coursera bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi.
Dasturlar asosiy va professional sertifikatlar uchun moslashtirilgan Web3 hamda blokcheynga oid keng ko‘lamli mavzularni qamrab oladi.
Coursera va Binance Academy o‘rtasidagi hamkorlik blokcheyn texnologiyasi va bugungi kundagi ishchi kuchi o‘rtasidagi bilimlar tafovutini qisqartirishga yordam beradi.
Dunyoning eng yirik ta’lim platformalaridan biri bilan hamkorlik qilib, Binance Academy ta’lim tashabbuslari qamrovini yanada kengaytirmoqda.

Web3 asosidagi kelajak sari borar ekanmiz, blokcheyn texnologiyasini tushunish hamma uchun muhim bo‘lib qoldi. Shu sababli, o‘rganishni istagan har bir kishiga Binance Academy faoliyatini butun dunyo bo‘ylab yetkazish har qachongidan ham muhim. Insonlarga blokcheyn va raqamli aktivlar haqida bilim berish orqali innovatsiyalarni rag‘batlantirish, moliyaviy inklyuzivlikni yaxshilash va barchamiz uchun yorqin kelajakni shakllantiradigan yangi imkoniyatlarni ochishimiz mumkin.
Ushbu qarashni ro‘yobga chiqarish uchun Binance Academy dunyodagi yetakchi onlayn ta’lim platformalaridan biri bo‘lgan Coursera bilan hamkorlik qildi. Coursera’ning 124 milliondan ortiq foydalanuvchidan iborat global hamjamiyati tufayli har qachongidan ham ko‘proq insonlar jahon darajasidagi blokcheyn ta’limidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Binance Academy’ning blokcheyn dasturlari nimalarni qamrab oladi?
Coursera platformasida joylashtiriladigan dasturlar turli mavzularni qamrab oladi va blokcheyn, Web3 hamda raqamli aktivlarga oid barcha masalalar bo‘yicha bilim olishni istagan insonlarga mo‘ljallangan. Mutlaqo yangi boshlovchi bo‘lasizmi yoki blokcheyn sohasida endigina ish boshlayotgan mutaxassismi — siz uchun moslashtirilgan kurs topiladi. Kurs yakunida bilim va ko‘nikmalaringizni tasdiqlovchi raqamli sertifikat olasiz.
Har bir dastur bir nechta kursni o‘z ichiga oladi va quyidagilarni qamrab oladi:
O‘qish materiallari
Videoma’ruzalar
Amaliy topshiriqlar
Loyihalar
Baholanadigan topshiriqlar
Blokcheyn ta’limi ko‘nikmalar yetishmovchiligini bartaraf etishga yordam beradi
Blokcheyn texnologiyasi bugungi raqamli dunyoda vaziyatni tubdan o‘zgartirmoqda. U sohalarni o‘zgartirishi, samaradorlikni oshirishi va foydalanuvchilar xavfsizligini mustahkamlashi mumkin. Biroq hal qilinishi kerak bo‘lgan bir muammo bor: blokcheyn bo‘yicha ko‘nikmalarga ega insonlar ko‘proq bo‘lishi kerak.
Ushbu tafovutni bartaraf etish sanoat blokcheyn salohiyatidan to‘liq foydalanishi uchun juda muhim. Ta’limga sarmoya kiritib, malakali mutaxassislar zaxirasini yaratish orqali jismoniy shaxslar va kompaniyalarga ushbu ajoyib texnologiyadan foydalanish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va yangi imkoniyatlarni ochishda yordam bera olamiz.
Coursera va Binance Academy hamkorligi aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Kurslar va dasturlar hozirgi ishchi kuchi hamda bo‘lajak xodimlarga blokcheyn sohasidagi ko‘nikmalarni o‘rgatishga yordam beradi. Blokcheyn inqilobiga tobora ko‘proq tashkilotlar qo‘shilayotgani sari kripto va blokcheyn sanoatida malakali mutaxassislarga talab ortib bormoqda.
«Ta’lim taraqqiyot va innovatsiyaning asosidir. Bu ishonch Binance Academy’da bizni uzoq vaqtdan beri ilhomlantirib kelmoqda: blokcheyn texnologiyasining inqilobiy olamini hamma uchun ochiq qilishga intilamiz.
Biz umumiy maqsad — Web3’ning keng tarqalishiga yordam beradigan va uning poydevorini yaratadigan yuqori darajadagi ta’limni taqdim etish yo‘lida ikki soha yetakchisining kuchli tomonlarini birlashtiramiz.
Yi He, Binance asoschilaridan biri va marketing bo‘yicha direktor
Blokcheyn ko‘nikmalari hamma uchun kerak
Binance Academy’ning Coursera bilan hamkorligi butun dunyodagi insonlarga sanoat ehtiyoj sezayotgan yuqori sifatli ta’lim dasturlaridan foydalanish imkonini beradi. Birgalikda blokcheyn salohiyati to‘liq ro‘yobga chiqadigan va hamma uchun ochiq bo‘ladigan yorqin kelajakni qurishimiz mumkin.
Ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, kurslar tez orada ishga tushishi haqidagi yangiliklarni kuzatib boring.
Qo‘shimcha o‘qish uchun
Kontentimizni o‘rganing | Binance Academy
Ta’lim, ta’lim, ta’lim
NFT sertifikatini olish uchun Binance Academy’ning kripto bo‘yicha bepul boshlang‘ich kursini o‘ting